01 fev 14:53
Yangiliklar
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida seminar trening tashkil etildi
31 yanvar kuni O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va samarasini oshirish yuzasidan "Taekvondo WT, karate WKF nazariyasi va uslubiyati" kafedrasida "Taekvondoning bugungi kundagi dolzarb masalalari" mavzusida seminar trening tashkil etildi.
Seminar trening O'zbekiston taekvondo WT associaciyasining 30 yillik tajribaga ega O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiyi, 2004 yildan buyon O'zbekiston taekvondochilari ishtirok etib kelayotgan Olimpiada o'yinlarida bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritib kelgan, hozirgi kunda O'zbekiston taekvondo WT associaciyasining katta murabbiyi Aleksandr Kim hamda O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi viloyat federaciyalari bilan ishlash bo'yicha bo'lim boshlig'i Xodjamqulov Xusniddin va "Taekvondo WT, karate WKF nazariyasi va uslubiyati" kafedrasi professor o'qituvchilari bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Fikrlar