07 fev 11:22
Yangiliklar
O'zbekiston delegaciyasi Osiyo bolalari I qishki o'yinlariga jo'nab ketdi
Musobaqada jahonning 20 mamlakatidan 1200 nafarga yaqin sportchi ishtirok etishi kutilmoqda. O'yinlarda O'zbekiston sport delegaciyasi ham qatnashadi. Bugun ana shu musobaqada qatnashadigan o'zbekistonlik sportchilar Rossiya Federaciyasiga jo'nab ketishdi.
Malumot uchun, musobaqada tog' chang'isi, snoubord, biatlon, chang'i poygalari, tramplindan sakrash, figurali uchish, short-trek va xokkey kabi sport turlari bo'yicha bahslar tashkil qilinadi.
O'zbekiston terma jamoasi azolari esa uchta yo'nalish – tog' chang'isi, figurali uchish va snoubord bellashuvlarda sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boradilar.
Terma jamoamiz o'yinlarga quyidagi tarkibda yo'l oldi:
Tog' chang'isi:
Valeriya Kovalyova – sportchi
Medet Nazarov – sportchi
Akilbek Buxarbaev – sportchi
Andrey Voronov – katta murabbiy
Dmitriy Kovalev – murabbiy
Figurali uchish:
Niginabonu Jamoliddinova – sportchi
Azizmurod SHabazov – sportchi
Diana Rahmonqulova – sportchi
Ellita Avanesyan – katta murabbiy
Snoubord:
Valeriya Mayorova – sportchi
Aziz Saparbaev – sportchi
Ivan Merkushkin – sportchi
Yuliya Andreeva – murabbiy
Delegaciya rahbari: Akram Nizametdinov – MOQ Olimpiya sport turlari faoliyatini koordinaciya qilish departamenti direktori
Fikrlar