So’nggi yangiliklar

09:05Суперлига. Бугун 29-турга старт берилади 0 08:34Дёрн UFC 338 турнирида чемпионлик камарини ҳимоя қилади 0 08:03Жавоҳир Синдаров: "Баъзи нарсалар устида ишлашим керак" 0 07:32Қозоғистон спортни молиялаштириш қоидаларини ўзгартиряпти: спортчи ва мураббийлар учун нималар ўзгаради? 0 07:01Sofascore. Ўзбекистон U17 терма жамоаси аъзолари кечаги ҳаракатлари учун неча баҳо олди? 0 19:03"Кўчадаги жангда қоидалар бўлмайди". Бразилиялик спортчи Нурмагомедовни қўллаб-қувватлади 0 18:29Диёра Келдиёрова азалий рақиби — Ута Абе билан Японияда тўқнаш келиши мумкин! 0 17:44Рамазон Темировдан нокаут бўлган Чарльз Жонсон ҳамюртимизни яна танқид қилди 0 17:08МЮ Саудия Арабистони чемпионатидан футболчи сотиб олмоқчи 0 16:30Гандбол. Осиё чемпионатида Қозоғистонга мағлуб бўлдик 0 15:45Даниэль Дюбуа WBO титулини кимдан ҳимоя қилиши маълум бўлди 0 15:02Нодирбек Абдусатторов Лондон турнирини ғалаба билан бошлади 0 14:26"Реал" 2026/27 йилги Чемпионлар Лигаси плей-офф босқичига биринчи бўлиб йўл олди 0 13:59Гукеш ва Синдаров Жаҳон тожи учун баҳсдаги вақт назорати ҳақида фикр билдиришди 0 13:12Жаҳон чемпиони Қувончбек Исмоиловга уч хонали уй совға қилинди 0

20 avg 13:46
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

O'zbekiston delegaciyasining Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo o'yinlariga tayyorgarligi muhokama qilindi

Teglar :  Aichi-Nagoya-2026
Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo o'yinlari start olishiga qariyb bir oy qoldi.

SHu munosabat bilan Sport vazirligi va Milliy Olimpiya qo'mitasi rahbariyati ishtirokida bo'lajak yirik kompleks musobaqaga, shuningdek, “Prezident Olimpiadasi”ning final bosqichiga olib borilayotgan tayyorgarlik jarayonlari muhokama qilindi.

Yig'ilishda O'zbekiston delegaciyasining Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo o'yinlaridagi ishtiroki, sportchilarning tayyorgarlik holati va musobaqadagi imkoniyatlari yuzasidan malumotlar taqdim etildi. Xususan, delegaciyamiz qatnashayotgan sport turlari hamda ularning imkoniyatlari har bir atlet kesimida muhokama qilindi va batafsil ko'rib chiqildi. Masullarga musobaqada munosib ishtirok etish, barcha sport turida maksimal natija uchun kurashish vazifasi belgilandi.

SHuningdek, “Prezident Olimpiadasi” final bosqichini yuqori saviyada tashkil etish masalalari ham atroflicha ko'rib chiqildi. Final dasturiga kiritilgan sport turlari, bellashuvlar o'tkaziladigan inshootlar, mehmonlarni joylashtirish, arenalarni bezatish hamda tashkiliy ishlar bilan bog'liq boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Yig'ilish yakunida har ikki yirik sport tadbiriga tayyorgarlikning barcha yo'nalishlari bo'yicha masullarga tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing