11 okt 18:30
Yangiliklar
Dzyudo
O'zbekiston dzyudo bo'yicha JCHdagi rekordini yangiladi
Toshkentda dzyudo bo'yicha jahon chempionati o'tkazilmoqda.
Bugun musobaqaning -100 kg vazn toifasida Muzaffarbek To'raboev barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, oltin medalni qo'lga kiritdi.
Kecha, -90 kg vaznli Davlat Bobonov shohsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi.
JCH yakunlanishiga ikki kun qolganida O'zbekiston terma jamoasi ikkita oltin medalga ega chiqdi.
Bungacha dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi JCHlarda xech qachon ikkita oltin medal qo'lga kiritmagan.
2022 yilga qadar O'zbekiston dzyudochilarining JCHdagi eng yaxshi natijasi 2011 yilda qayd etilgan bo'lib, o'shanda Rishod Sobirov oltin, Navro'z Jo'raqobilov bronza medaliga sazovor bo'lgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar