So’nggi yangiliklar

19:10"Жангимиз тарихдаги энг буюк тўқнашувлардан бири бўлади". Дэвид Бенавидес Усик билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 18:29Хамзат Чимаев қачон UFC октагонига қайтишини айтди 0 17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0

28 may 17:31
Yangiliklar

Dzyudo

O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisining murojaati

O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi A.YA.Kamilov federaciyaning viloyat boshqarmalari hamda bo'limlariga murojaatnoma yo'lladi.

Hurmatli hamkasblar! Qadrli do'stlar!

O'zbekiston dzyudo federaciyasi nomidan sizlarga sog'lik-salomatlik tilagan holda koronavirus pandemiyasi bo'yicha vaziyat yumshayotganiga umid bildirib qolaman. 

Bunday sinovli kunlarda butun dunyoda bo'lgani kabi bizning mamlakatimizda ham sportchilar, xususan dzyudochilar odatdagi to'laqonli mashg'ulot o'tkazish imkoniyatidan mahrum bo'lib turibdi. Lekin bu holat sportchilarga jismoniy tayyorgarliklariga beetibor bo'lish, sport formalarini ushlab turmaslik uchun bahona bo'lmasligi kerak. Ular g'alabalarga hamisha chanqoq hamda tayyor turmoqlari shart. 

Yuqorida keltirilgan talab va meyorlarni inobatga olgan holda Xalqaro dzyudo federaciyasi dunyo dzyudo hamjamiyati uchun IJF FIT onlayn-platformasini yo'lga qo'ydi. Onlayn-platforma dinamik hamda original fitnes-mashg'ulotlardan iborat bo'lib, jahonning ko'zga ko'ringan dzyudo ustalari tomonidan bajarilgan. Bu orqali ular sayyoramizning barcha dzyudochilarini harakatda bo'lishga, bir-birlari bilan musobaqalashishga chorlashgan, davat etishgan. Saytda peshqadam ishtirokchilarning Reyting jadvali elon qilib boriladi.

Bunday sinovli kunlarda biz birlashishimiz, bir-birimizga bo'lgan hurmat va etiborni amalda namoyish etishimiz kerak. Dzyudo asoschisi Dzigoro Kano aytganidek: "Qiyin damlarda qatiyatli bo'ling, aql bilan ish yuriting va jamiyatni yanada yaxshilashga o'z hissangizni qo'shing". 

Ushbu onlayn-platforma salomatlikni mustahkamlash, jismoniy holatni meyorda ushlab turish, sevimli sport turimizni yanada ommalashtirish hamda ko'zga ko'ringan dzyudochilar bilan yangi formatda uchrashish imkonini beradi. 

Sizlarni yuqorida aytilgan masalalarga amal qilishga hamda yangi loyihaning ommalashishida faol bo'lishga chaqiraman. 

Buning uchun sizga oldindan minnatdorchilik bildiraman. 

Sizlarga sog'liq-salomatlik hamda tezroq to'laqonli sport hayotiga qaytishni tilayman!

Hurmat bilan,

O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi A.Kamilov


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing