So’nggi yangiliklar

20:38Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон асосий жамоаларида ғалабалар, учинчи терма жамоа Германияга ютқазди (барча натижалар) 0 19:02Арман Царукян нима учун UFC чемпионлик камари учун барча пулидан воз кечишга тайёрлигини тушунтирди 0 18:32Рафинья Ямални "Олтин тўп"га лойиқ деб ҳисоблайди 0 17:45Фёдор Емельяненко UFC собиқ чемпиони билан жанг қилмоқчи 0 17:16Mangu 5: Бу сафар Ўзбекистон ва Қозоғистон ўртасида кичик турнир бўлади 0 16:30Арман Царукян UFCдан допинг-тест учун махсус куртка олди 0 15:51Месси учун 500 млн: ақл бовар қилмас трансфер тафсилотлари ошкор бўлди 0 14:46Расман: Ўзбекистон бокс терма жамоасининг Осиё ўйинларида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди 0 14:32Триатлончиларимизнинг Аичи-Нагоя-2026 Осиё ўйинлари учун таркиби маълум. Француз спортчимиз ҳам Японияга боради 0 13:45Осиё ўйинлари. Ўзбекистон аёллар МТЖ Хитой билан дуранг ўйнади 0 13:14Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси. Бугунги рақибларимиз ва жуфтликлар билан танишинг 0 12:53Бобур Абдулазизов илк бор Тошкентда ўтказиладиган IBA Nomad турнирида жанг қилади. Рақиб эски таниш (ПОСТЕР) 0 12:05Ҳиндистон шахмат терма жамоаси Самарқандда ташкилий муаммога дуч келди 0 11:22Ўзбекистон Кубоги чорак финалига қуръа ташланди 0 09:45Оксана Чусовитина ҳам Осиё ўйинларига боради! 0

21 dek 11:57
Yangiliklar

Dzyudo

O'zbekiston dzyudo federaciyasida "Ochiq eshiklar kuni" o'tkaziladi

Sir emas, o'zbek dzyudosi nafaqat mintaqa, balki dunyoda ham o'z o'rni va mavqeyiga ega hisoblanadi.

Mustaqil O'zbekiston sport delegaciyasiga Olimpiadadagi ilk medalni ham aynan dzyudochimiz taqdim etgan. 1996 yilgi Atlanta Olimpiadasida ishtirok etgan Armen Bagdasarov kumush medal sohibiga aylangan edi. 

SHundan so'ng o'tgan davr mobaynida to'rt yillikning eng nufuzli musobaqasida Rishod Sobirov (3 ta bronza), Abdulla Tangriev (kumush), Diyorbek O'rozboev (bronza) ham Olimpiada shoxsupasiga ko'tarildi. Hozirda terma jamoamiz azolari dzyudo vatani - Tokioda o'tkaziladigan Olimpiya o'yinlari yo'lidagi muhim reyting musobaqalariga tayyorgarlik ko'rishyapti. Ularni nomma-nom aytmasak ham bundan yaxshi xabardorsiz. 

Afsonaviy dzyudochi, Olimpiada chempioni, uch karra jahon chempioni Ilias Iliadis bosh murabbiyligidagi yulduzli tarkib dzyudochilarimiz ertaga, 22 dekabr kuni o'tkaziladigan "Ochiq eshiklar kuni"da hozir bo'lishadi va tadbirga keladigan siz azizlarga o'z mahoratlarini namoyish etishadi. Dzyudochilarimizdan tashqari ayni paytda Toshkentda mashg'ulot o'tkazayotgan Gruziya terma jamoasining yulduzli tarkibi ham "Ochiq eshiklar kuni"da ishtirok etadi. 

 Soat 10:00da O'zbekiston dzyudo federaciyasida boshlanadigan marosimning qiziqarli o'tishiga kafolat beramiz. Sizlarni ajoyib sovg'alar kutmoqda! 

Tadbir davomida dzyudochilarimizning mashg'ulotlarini kuzatish, ular bilan muloqot qilish hamda suratga tushish imkoniyatiga ega bo'lasiz. 

"Ochiq eshiklar kuni"ga barcha muxlislar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlarini taklif etamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing