So’nggi yangiliklar

07:43"Реал" қўшимча дақиқада ўтказиб юборилган гол сабаб ғалабани қўлдан чиқарди 0 07:22Мария Тимофеева Швейцария турнири 1/2 финалида! 0 07:01Жиззахда яна бир замонавий яккакураш зали қад ростлади, дзюдочиларимиз у билан яқиндан танишишди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 18:10"Жангчилар бўш қолишдан қўрқишади ва қопқонга тушиб қолишади" - Фрэнсис Нганну 0 17:49Бастони "Барселона"га ўтиш учун маоши камайишига ҳам рози 0 17:28Эксперт Илия Топурия учун асосий синов кимлигини айтди 0 17:07Ҳикара Накамура: “Синдаров ютқазди...” 0 16:46Дана Уайт ва Эдди Хирн ўртасидаги жанг учун қанча пул таклиф қилингани маълум 0 16:25Рафинья қачон машғулотларга қайтиши маълум 0 16:04Маррани баланд олган қаршилик спортчилар 0 15:43Арман Царукян: "Топурия ўзини суперюлдуздай тутаяпти, лекин..." 0 15:22Сергей Фомин Shymkent Challenger бош соврини учун ўйнайди! 0 15:01"Барселона" афсонаси "Челси" бошқарувини қўлга олиши мумкин 0 14:39"Менежеримиз ишлаяпти". Гусковнинг мураббийи UFC 328 турнири учун эҳтимолий рақибни айтди 0 14:17Илия Топурия Конор Макгрегор ва Макс Холлоуэй эҳтимолий жанги ҳақида фикр билдирди 0

22 dek 16:32
Yangiliklar

Dzyudo

O'zbekiston dzyudo federaciyasida "Ochiq eshiklar kuni" o'tkazildi FOTOGALEREYA

Bugun O'zbekiston dzyudo federaciyasida "Ochiq eshiklar kuni" bo'lib o'tdi.

Ushbu tadbirni o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad olimpiya oilasiga mansub dzyudo yakkakurash sport turini aholining keng qatlami orasida yanada ommalashtirish, dzyudoga befarq bo'lmagan yurtdoshlarimizni mustaqillik yillarida qo'lga kiritilgan yutuqlar hamda terma jamoamiz azolari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat edi.         

Tadbir davomida "Ochiq eshiklar kuniga"ga tashrif buyurganlar O'zbekiston, Gruziya, Rossiya, Sloveniya va Tojikiston terma jamoalarining xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inini kuzatish, ular bilan muloqot qilish hamda suratga tushish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Terma jamoa bosh murabbiyi, Olimpiada chempioni, uch karra jahon chempioni Ilias Iliadis, terma jamoamiz azolari o'z mahorat saboqlarini namoyish etishdi. Iliadis dzyudo bilan shug'ullanish istagida kelgan bolajonlar bilan birga mashg'ulot o'tkazdi.    

"Ochiq eshiklar kuni" so'nggida marosimga kelgan bolajonlar, shuningdek, dzyudo tadbirlarini yoritishda hamkorlik qilib kelayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlariga O'zbekiston dzyudo federaciyasining esdalik sovg'alari topshirildi. Terma jamoamiz dzyudochilari o'z dastxatlari tushirilgan futbolkalarni tashrifchilarga taqdim etishdi.   

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing