04 apr 18:18
Yangiliklar
Kamondan otish
O'zbekiston kamondan otish federaciyasi Turkiya bilan hamkorlikni davom ettirmoqda
Bugun, 4 aprel kuni O'zbekiston kamondan otish federaciyasi prezidenti Otabek Imamov “Turkiya o'qchilar vaqfi” hamda Turkiya etnosport konfederaciyasi rahbarlari bilan uchrashuv o'tkazdi.
Uchrashuv davomida joriy yilning sentyabr oyida O'zbekistonda tashkil etilayotgan etnosport festivaliga tayyorgarlik ko'rish va uni yuqori saviyada o'tkazish masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari O'zbekiston Respublikasidan 6 nafar sportchi Turkiya davlatida milliy kamonchilikdan malaka oshirish hamda o'quv-yig'in mashg'ulotlariga qatnashish maqsadida ishtirok etishmoqda.
Uchrashuv davomida “Turkiya o'qchilar vaqfi” vice-prezidentiga Otabek Imomov tomonidan esdalik sovg'asi taqdim etildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar