So’nggi yangiliklar

11:49Дмитрий Биволнинг фаолиятидаги энг катта гонорар маълум қилинди 0 10:26Тарихий муваффақият: Ўзбекистон парашахмат терма жамоаси Олимпиадада илк бор бронза медалларини қўлга киритди! 0 09:45Ўсмирлар ўртасидаги Ўзбекистон чемпионатининг иккинчи кун ғолиб ва совриндорлари 0 08:35Англия Лига Кубоги. "Манчестер Сити" "Норвич Сити"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, кейинги босқичга йўл олди 0 07:37Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: 3-тур жуфтликлари маълум 0 20:38Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон асосий жамоаларида ғалабалар, учинчи терма жамоа Германияга ютқазди (барча натижалар) 0 19:02Арман Царукян нима учун UFC чемпионлик камари учун барча пулидан воз кечишга тайёрлигини тушунтирди 0 18:32Рафинья Ямални "Олтин тўп"га лойиқ деб ҳисоблайди 0 17:45Фёдор Емельяненко UFC собиқ чемпиони билан жанг қилмоқчи 0 17:16Mangu 5: Бу сафар Ўзбекистон ва Қозоғистон ўртасида кичик турнир бўлади 0 16:30Арман Царукян UFCдан допинг-тест учун махсус куртка олди 0 15:51Месси учун 500 млн: ақл бовар қилмас трансфер тафсилотлари ошкор бўлди 0 14:46Расман: Ўзбекистон бокс терма жамоасининг Осиё ўйинларида иштирок этувчи таркиби эълон қилинди 0 14:32Триатлончиларимизнинг Аичи-Нагоя-2026 Осиё ўйинлари учун таркиби маълум. Француз спортчимиз ҳам Японияга боради 0 13:45Осиё ўйинлари. Ўзбекистон аёллар МТЖ Хитой билан дуранг ўйнади 0

15 may 18:33
Yangiliklar

Dzyudo

O'zbekiston Kubogi. Dastlabki kun g'oliblari malum FOTOGALEREYA

Xabaringiz bor, bugun Termiz shahridagi “Alpomish” sport majmuasida dzyudo bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasida O'zbekiston Kubogi start oldi.

Musobaqa reglamentiga ko'ra, dastlabki kun erkaklar -60 va -66 kg, ayollar esa -48, -52 hamda -57 kg. vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar nomi aniqlandi. 

Quyida birinchi kun doirasida kuchli uchlikni egallagan sportchilar bilan tanishing.

Erkaklar

-60 kg. vazn toifasi

1. Mirzohid Muhammadjonov (Farg'ona)

2. Azizbek Ashurov (Samarqand)

3. Elshodjon Isaqov (Farg'ona)

3. Xurshid Qodirov (Surxondaryo)

-66 kg. vazn toifasi

1. Azamat Matyoqubov (Xorazm)

2. Vagif Ibadov (Samarqand)

3. Bahron Boyqulov (Toshkent)

3. Doniyor Sultonboev (Toshkent v)

Ayollar

-48 kg. vazn toifasi

1. Yulyana Maxsetbaeva (Qoraqalpog'iston)

2. Dilola Dehqonboeva (Namangan)

3. Marjona Salohiddinova (Surxondaryo)

3. Gulshoda Xalilova (Namangan) 

-52 kg. vazn toifasi

1. Zarnigor Rahmiddinova (Farg'ona)

2. Mahliyoxon Yuldosheva (Namangan)

3. Xoljon Bekmamatova (Xorazm)

3. Nigora Qalandarova (Xorazm)

-57 kg. vazn toifasi

1. Amina Mamedova (Toshkent)

2. Madina Astanova (Jizzax)

3. Muxlisa Ganjieva (Xorazm)

3. Maxriban Gobenova (Qoraqalpog'iston)

SHuningdek, kunning ikkinchi yarmida O'zbekiston Kubogining tantanali ochilish marosimi ham tashkil etildi. Marosimda dzyudo federaciyasining mutassadilari, sport jamoatchiligi, muxlislar va OAV vakillari ishtirok etishdi. 

Tadbirda so'z olgan Surxondaryo viloyati hokimi o'rinbosari Ro'zimurod CHoriev, O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi o'rinbosari Bekzod To'raboev, musobaqa bosh hakami Ilhom Adizovlar bugun yurtimizda sportga, xususan, sportning olimpiya turlariga bo'lgan etibor natijasi o'laroq, xalqaro sport maydonlarida yoshlarimiz tomonidan qo'lga kiritilayotgan yutuqlar alohida etirofga sazovor bo'layotgani takidlab, barcha ishtirokchilarga omad tilashdi. 

SHundan so'ng badiiy jamoalarning diltortar navolari, badiiy gimnastikachi qizlarning ko'rgazmali chiqishlari yig'ilganlarni xushnud etdi.

Nuriddin DADAXONOV, Surxondaryo viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari: 

- Bugun mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga bo'lgan yuksak etibor bois, musobaqalarda sportchilarning ishtiroki faol bo'lmoqda. Mazkur kubok bellashuvlarida ham barcha hududlardan ishtirok etayotgan sportchilar bor mahoratlarini ishga solib, g'oliblik uchun kurash olib borishmoqda. Albatta, viloyat dzyudo federaciyasining musobaqaga yuqori darajada hozirlik ko'rgani, dzyudo bo'yicha terma jamoamizning ham bellashuvlarga kuchli tayyorgarlik ko'rishgani yaqqol sezilib turibdi. O'ylaymanki, terma jamoamiz musobaqa yakunida kuchlilar qatorida bo'lishadi va medallar shodasiga ega bo'lishadi. 

O'zbekiston Kubogi 17 may kuniga qadar davom etadi.

Ilhom RAHMONOV, o'z muxbirimiz  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing