29 mar 11:13
Yangiliklar
O'zbekiston MTJ yarim yildan beri yutqazmayapti. Katanec termadagi o'yinlar bo'yicha Kuperga yaqinlashdi va bir natija bo'yicha rekord qo'ydi
SHundan keyin, Srechko Katanec shogirdlari 4 ta o'yinda qatnashdi:
O'zbekiston – Qozog'iston 2:0
O'zbekiston – Rossiya 0:0
O'zbekiston – Boliviya 1:0
O'zbekiston – Venesuela 1:1
Katanec esa terma jamoa boshqaruvida o'tkazgan o'yinlarini 16 taga etkazib oldi va bu borada Ektor Kuperga (17 ta) yaqinlashdi.
Ulardan oldinda esa quyidagi mutaxassislar bor:
1. Mirjalol Qosimov – 54;
2. Vadim Abramov – 44;
3. Rauf Inileev – 29;
4. Ravshan Haydarov – 25;
5. Samvel Babayan – 24;
6. Vladimir Salkov – 19.
59 yoshli mutaxassis O'zbekiston MTJ 10+ g'alabaga erishgan ilk xorijlik murabbiyga aylandi. Bundan oldin “oq bo'rilar” bilan 10 va undan ortiq g'alabaga quyidagi mahalliy mutaxassislar erishgandi:
1. Mirjalol Qosimov – 22 ta;
2. Vadim Abramov – 20;
3. Samvel Babayan – 16;
4-5. Ravshan Haydarov – 13;
4-5. Rauf Inileev – 13;
6. Rustam Akramov – 10.
Sloveniyalik murabbiy 2021 yil avgustida O'zbekiston MTJ ustoziga aylandi va jamoa uning boshqaruvida 16 bahsning 10 tasida zafar quchdi, 2 marta durang o'ynadi va 4 marta yutqazdi.
Fikrlar