31 iyu 06:49
Yangiliklar
O'zbekiston - Niderlandiya. Bugun aralash juftlik musobaqasi
Dunyoning o'n ikki kuchli terma jamoasi safida o'zbekistonlik dzyudochilar ham Olimpiada medallari uchun tatamiga chiqadilar. O'zbekiston terma jamoasi bir oy avval Vengriyada o'tkazilgan jahon chempionatining aralash juftlik bellashuvlarida tarixda ilk bor qatnashib, bronza medallarini qo'lga kiritgan edi.
Qura natijasiga ko'ra dzyudochilarimiz Olimpiadaning ilk davrasida Niderlandiya terma jamoasiga qarshi bahs olib borishadi. Ushbu juftlik g'olibini chorak finalda Braziliya terma jamoasi kutib turibdi.
O'zbekiston - Niderlandiya uchrashuvida erkaklar -73, -90, +90, ayollar esa -57, -70, +70 kg vazn toifalarida tatamiga chiqadilar. Hisob 3:3 durang ko'rinishiga kelib qolsa, hal qiluvchi ettinchi bellashuv o'tkaziladi.
Fikrlar