So’nggi yangiliklar

12:45Ўзбекистон волейбол бўйича Осиёдаги энг кучли бешта жамоа қаторига киритилади. Бу ҳақда ҳукумат қарори эълон қилинди 0 12:23Жавоҳир Синдаров жамоаси Женевага ўзбек ошпазларини олиб борди 0 11:48Қирғизистон футзал бўйича Осиё Кубогига мезбонлик қилади 0 11:10Бокс. IBA Президенти кубогида 12 нафар боксчи билан иштирок этамиз 0 10:28Халқаро велоспорт федерацияси президенти Давид Лаппартьян Тошкентга келди 0 09:50Хамзат Чимаев: «Уларнинг барчасини синдирмагунимча кетмайман» 0 09:05Суперлига. Бугун 29-турга старт берилади 0 08:34Дёрн UFC 338 турнирида чемпионлик камарини ҳимоя қилади 0 08:03Жавоҳир Синдаров: "Баъзи нарсалар устида ишлашим керак" 0 07:32Қозоғистон спортни молиялаштириш қоидаларини ўзгартиряпти: спортчи ва мураббийлар учун нималар ўзгаради? 0 07:01Sofascore. Ўзбекистон U17 терма жамоаси аъзолари кечаги ҳаракатлари учун неча баҳо олди? 0 19:03"Кўчадаги жангда қоидалар бўлмайди". Бразилиялик спортчи Нурмагомедовни қўллаб-қувватлади 0 18:29Диёра Келдиёрова азалий рақиби — Ута Абе билан Японияда тўқнаш келиши мумкин! 0 17:44Рамазон Темировдан мағлуб бўлган Чарльз Жонсон ҳамюртимизни яна танқид қилди 0 17:08МЮ Саудия Арабистони чемпионатидан футболчи сотиб олмоқчи 0

26 iyu 15:18
Yangiliklar

Tokio-2020

O'zbekiston Olimpiya o'yinlarida: 2004 yil

Rioda bo'lib o'tadigan yozgi Olimpiada o'yinlari boshlanishiga oz vaqt qolmoqda.


SHu munosabat bilan vatanimiz sportchilarining bugungi kungacha bo'lib o'tgan Olimpiada o'yinlaridagi ishtiroklari haqida qisqacha malumot berishni boshlagan edik.

Bungacha 1996 hamda 2000 yillarda bo'lib o'tgan Olimpiadalarda O'zbekiston terma jamoasi sportchilarining ishtiroklari haqida malumotlar taqdim etgandik. Bugun Afina-2004 o'yinlari haqida gaplashamiz.

2004 yilgi Olimpiada o'yinlari 13-29 avgust kunlari Greciya poytaxti Afinada bo'lib o'tgan. Ushbu musobaqada 70 nafar sportchi (52 nafar erkak, 18 nafar ayol) O'zbekiston sharafini himoya qilgan.

Hamyurtlarimiz ishtirok etgan sport turlari:

Engil atletika
Boks
Baydarka va kanoeda eshkak eshish
Velopoyga
Gimnastika
Dzyudo
O'q otish
Suzish
Stol tennis
Taekvondo
Og'ir atletika
Kurash

Olimpiada ochilishida dzyudochimiz Abdulla Tangriev bayroqdorimiz bo'lgan.



Ushbu Olimpiadada hamyurtlarimiz 5 ta medalni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lganlar. Ular:

Artur Taymazov - oltin (kurash)
Aleksandr Doktorashvili - oltin (kurash)
Magomed Ibragimov - kumush (kurash)
Bahodir Sultonov - bronza (boks)
O'tkirbek Haydarov - bronza (boks)



Ushbu Olimpiadada shuningdek Oksana CHusovitina, Saida Iskandarova, Ekatirina Xilko, Ramziddin Saidov kabi sportchilarimiz qatnashganlar.

O'sha yili sportchilarimiz orasida eng yosh sportchi - suzuvchi Olga Gnedovskaya (15 yosh, 1 kun) bo'lgan.

Yoshi eng katta sportchi esa - og'ir atletikachimiz Igor Halilov (32 yosh, 74 kun) bo'lgan.


Aziz To'xtamurodov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing