10 apr 17:38
Yangiliklar

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi European Cup turniriga jo'nab ketdi
Tbilisi Millennium Team Cadet European Cup 2025 turnirida 3 qitaning 15 davlatidan jami 357 (225 o'smir, 132 qiz) nafar dzyudochi medallar uchun bahs olib boradi. Ular orasida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasining 18 nafar dzyudochisi ham bor.
Biroz avval ruminiyalik mutaxassis Aurelian-CHiprian Flis boshchiligidagi delegaciyamiz Tbilisi shahriga jo'nab ketdi.
Gruziyaga yo'l olgan tarkib:
O'smirlar
-50 kg: Sardor Yodgorov
-55 kg: Hushnudbek Burxonov
-60 kg: Muhammadkarim Nosirov
-60 kg: Dilshod Karimov
-66 kg: Sanjarbek Ashurov
-73 kg: Sadulla Ravshanov
-81 kg: Inomjon Bahodirov
-90 kg: Musurmonqul Ahrorov
+90 kg: Alibek Durdiev
+90 kg: Kamol Xursanov
Qizlar
-40 kg: Alina Kolyucheva
-44 kg: Dinora Hasanova
-48 kg: Nargiza Do'stmamatova
-52 kg: Zuhra Alimova
-57 kg: Maftuna Ahmedova
-63 kg: Zuhrajon Umarova
-70 kg: Intizor Uzakbaeva
+70 kg: Umida Nig'matova
+70 kg: Zarina Bobonazarova
Murabbiylar shtabi - Aurelian-CHiprian Flis, Gelaniy Ozdaev, Muhammad Yusuf Haydarov, O'lmas Gulliev
Fikrlar