27 may 08:26
Yangiliklar

O'zbekiston Prezidenti Jahon triatlon ittifoqi rahbarini qabul qildi
Ushbu nufuzli global tashkilot bilan mazkur sport turini ommalashtirish va O'zbekistonda milliy triatlon maktabini qo'llab-quvvatlash borasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko'rib chiqildi.
Mamlakatimizda triatlon jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Milliy federaciya faoliyat ko'rsatmoqda, muntazam ravishda xalqaro musobaqalar o'tkazilmoqda, o'zbekistonlik sportchilar qita va jahon reytinglarida o'z o'rinlarini mustahkamlab bormoqda.
Sportchilar, murabbiylar, hakamlar va sport menejerlarini tayyorlash, zamonaviy infratuzilmani yaratish sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish va ekspert ko'magi dasturlarini amalga oshirishga alohida etibor qaratildi.
Fikrlar