28 jan 12:39
Yangiliklar
Qishki sport turlari, Xarbin-2025
O'zbekiston qishki Osiyo o'yinlarida o'z tarixidagi eng ko'p sportchi bilan ishtirok etishi mumkin
7 fevral kuni Xitoyning Xarbin shahrida IX qishki Osiyo o'yinlari boshlanadi.
Etti kunlik musobaqa uchun O'zbekiston MOQ 26 nafar sportchini kengaytirilgan ro'yxatga qo'shgani haqida xabar bergandik.
Internetdagi mavjud ochiq malumotlarga hamda ustoz sharhlovchi Mirzahakim To'xtamirzaevning "Olimp Sari" kitobida keltirilgan malumotlarga ko'ra, O'zbekiston delegaciyasi 1996 yildan keyin o'tkazilgan o'yinlarda eng ko'pi 11 nafar sportchi bilan qatnashgan.
1996 yilda Xarbinda o'tkazilgan o'yinlarda mamlakatimiz sharafini necha nafar sportchilar himoya qilgani bo'yicha malumotlar mavjud emas.
Bu holatda delegaciyamiz qishki Osiyo o'yinlarida o'z tarixidagi eng ko'p sportchi bilan ishtirok etishi mumkinligini inkor qilib bo'lmaydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar