So’nggi yangiliklar

19:52Ковингтон RAF турнирида Махачевга кураш таклиф қилди 0 19:02Жиддий тўқнашувда қатнашган "Тенерифе" футболчиси вафот этди 0 18:18Жонни Уокер укаси Вальтер билан жанг қилмаслигини айтди 0 17:26Жалгасбай Бердимуратов PWL Moscow турнирида иштирок этади 0 16:38Уиттакер Гусковга қарши жангда шоу ваъда қилди 0 16:01WBA рейтинги янгиланди: Икки ҳамюртимиз пешқадам, иккиси эса рейтингдан чиқиб кетди 0 15:52"Реал" АПЛдан Куртуага ўринбосар топди 0 15:00Дакар-2026: Муҳаммадисмоил Раҳмоновнинг медали Ўзбекистон сузиш спорти учун тарихий ҳисобланади 0 14:05Уайлдер кейинги жангини Гассиевга қарши ўтказиш бўйича музокара олиб боряпти 0 13:12Дакар-2026'да бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи баҳсга киришади 0 12:45Осиё Кубоги-2027 муддати қолдирилди: турнир қачон ўтказилади? 0 12:01Субханкулов ва Круз IBF камари учун жанг қилади 0 11:07Карлос Пратес: "Махачевга икки баробар кучлироқ зарба бераман, сабоқ олсин" 0 10:36Жон Маккарти Мойкано - Нолан жангидаги ҳакамнинг ҳаракатларига баҳо берди 0 10:05Sofascore. "Нефтчи" ва "Пахтакор" футболчилари кечаги учрашувлар учун неча баҳога лойиқ кўрилди? 0

07 apr 09:56
Yangiliklar

Sport kurashlari

O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi mutasaddilari masofadan turib samarali ish olib borishyapti FOTOREPORTAJ

Bugungi biroz tahlikali, ko'proq sinovli kunlarda barchamizdan masuliyatni har qachongidan ikki barobarga oshirish, hukumatimiz tomonidan tavsiya etilayotgan extiyot choralariga to'liq rioya qilishimiz talab etiladi.

Xabaringiz bor, koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan hozirgi karantin holatida davlat va nodavlat jamoat tashkilotlari, turli muassasalar o'z ish faoliyatlarini masofaviy tarzda olib boryapti. Barchamizdan uyda qolish so'ralmoqda. Zero, faqat shu yo'l orqaligina tezroq koronavirus balosidan qutulish mumkin.  

Xususan, O'zbekiston sport kurashlari associaciyasida ham ish to'xtab qolgani yo'q. Bugungi axborot texnologiyalari yashin tezligida taraqqiy etib borayotgan zamonamizda associaciya rahbariyati, xodimlar, murabbiylar faoliyati masofadan turib davom ettirilyapti.

Telegram ijtimoiy tarmog'ida maxsus kanal ochilgan bo'lib, u erda doimiy axborot, malumot almashish yo'lga qo'yilgan. Murabbiylar sportchilarimizning karantin davridagi holati, ularning sog'liqlari haqida kunlik malumotlarga ega bo'lib borishyapti. Har bir kurashchi kuniga ikki mahaldan tana harorati haqidagi malumotni telegram kanaliga tashlaydi.

Kunlik mashg'ulotlardan tashqari, karantin davrida bo'sh vaqt ko'p bo'lishini inobatga olgan holda assoaciciya mutasaddilari o'ziga xos chellenjni yo'lga qo'yishgan. Ushbu chellenj "otjimanie"dan boshlandi va sportchilar, murabbiylar estafeta tarzida bir-birlariga chaqiruv elon qilishdi. Bu jarayon ham o'z o'rnida bo'sh vaqtni mazmunli o'tkazish uchun xizmat qilyapti.

- SHuningdek, karantin davrida oila azolarimiz uchun ham har qachongidan-da ko'proq vaqt ajratyapmiz, farzandlarimiz bilan birga mashg'ulot o'tkazyapmiz, dars tayyorlayapmiz, - deydi O'zbekiston sport kurashlari associaciyasi bosh kotibi SHuhrat Mamadaliev. - Associaciyaning har bir xodimi, sportchilar, oila azolarimiz bilan birga hukumatimizning barcha tavsiyalariga amal qilgan holda uyda qolishga qaror qildik. SHaxsan o'zim odatdagi ish rejimida oilam uchun kam vaqt ajratayotgan edim. Buni tan olish kerak. Endi esa farzandlarim bilan ko'proq vaqt o'tkazyapman. Birgalikda mashg'ulot qilyapmiz, dars tayyorlayapmiz. Tushlik va kechki ovqatni birga tayyorlayapmiz, o'yinlar o'ynaymiz, hovlida sport bilan shug'ullanyapmiz, filmlar tomosha qilib, o'qigan kitoblarimizni muhokama qilamiz. Albatta, ish ham ko'p vaqtni oladi. Barcha ishlarimni masofaviy tartibga o'tkazib olganman. Hozirda associaciya ishini onlayn kuzatib boryapman. Ishonamanki, biz bor imkoniyatlardan unumli foydalanib, Olimpiadaga tayyorgarlik bosqichini ko'ngildagidek o'tkazamiz. Men barchani uyda qolishga chorlayman! Keling, epidemiya barham topishiga hissa qo'shaylik.    

O'ylaymizki, hukumatimiz so'rayotgan talablarga to'liq rioya qilsak, koronavirus pandemiyasini engish oson hamda tezroq amalga oshadi.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing