So’nggi yangiliklar

18:41Белбоғли кураш. Кучлилар Фарғонада аниқланди 0 18:10Майкл Моралес: "Махачевдаги камарни Эквадорга олиб кетаман" 0 17:39"Реал Мадрид" етакчиси билан янги шартнома имзолади 0 17:08"Хабиб фаолиятини якунлаётганида унга қўлимдан келган барча нарсани таклиф қилганман" - Дана Уайт 0 16:37Дана Уайт ташкил этмоқчи бўлган жангларни санаб берди 0 16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0

18 iyu 13:29
Yangiliklar

Taekvondo

O'zbekiston taekvondo associaciyasida onlayn seminar tashkil etildi

Taekvondo WT bo'yicha kadetlar va o'smirlar terma jamoasi uchun onlayn seminar bo'lib o'tdi.

Unda MOQ hamda O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi rahbariyati, trenerlar va yosh sportchilar qatnashdi.

Onlayn seminarning birinchi qismida tibbiyot fanlari doktori, professor Guli SHayxova “Pandemiya davrida to'g'ri ovqatlanish” mavzusidagi taqdimoti bilan ishtirok etdi. Mutaxassis o'z maruzasi davomida yosh sportchilar uchun to'g'ri ovqatlanish, kun davomida istemol qilishlari lozim bo'lgan vitamin va minerallar miqdori haqida tushuncha berdi. SHuningdek, psixolog Mufiza Xo'ja Nurilla karantin davrida xotirjamlikni ushlab turish, kelajakdagi muvaffaqiyat va g'alabalarga o'zini ruhan tayyorlash mavzularida qimmatli maslahatlarini berdi.

Mutaxassislar maruzasidan keyin yosh taekvondochilarning onlayn mashg'uloti o'tkazildi. Garchi mashg'ulotlar masofadan olib borilayotgan bo'lsa-da, murabbiylar o'z shogirdlarining texnik kamchiliklarini nazorat qilib borishmoqda. Bu esa sportchilarning o'z ustilarida ko'proq ishlashlari uchun samarali vositadir.

Onlayn seminar yakunida O'zbekiston MOQ Prezidenti maslahatchisi Nazirjon Xudoyqulov yosh taekvondochilarga bo'sh vaqtlarida kitob o'qish va xorijiy tillarni o'rganish borasida o'z tavsiyalarini berdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing