So’nggi yangiliklar

18:53"Бу уларга таъсир қиларди". Хабиб жанг пайтида рақиблари билан тез-тез гаплашиб турганини тушунтирди 0 18:10"Ҳазиллашмаяпман". Стрикленд Трамп ва Гитлер ўртасида ўхшашликни кўрсатди 0 17:35"Реал" ёзда Александр-Арнольдни сотиш ниятида эмас 0 16:59Хабиб нима учун Макгрегорни ҳеч қачон ҳақорат қилмаганини тушунтирди 0 16:14Икки вазнда собиқ UFC чемпиони промоушендаги ҳакамликни танқид қилди 0 15:33Усик фаолиятидаги сўнгги жанг ҳақида: "Бизда иккита вариант бор" 0 14:57"Манчестер Юнайтед" дарвозабони бошқа клубга ўтди 0 14:16"У билан ҳаммаси тамом бўлган". Оверим Макгрегор ҳақида 0 13:40Алматидаги катта масштабдаги халқаро ўқув-машғулот йиғини давом этмоқда + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 12:58Жавоҳир Синдаров: "Мен Гукешнинг энг кучли версиясига тайёрланяпман" 0 12:33УЕФА жазмани билан боғлиқ жанжал сабаб Инфантинонинг фаолиятини текширмоқчи 0 12:31Али Абдель-Азиз АҚШ Президенти яхши кўрадиган икки жангчини айтди. Улар орасида россиялик ҳам бор! 0 11:59Оғир атлетика бўйича Осиё чемпионатининг иккинчи кунги баҳсларидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 11:26"Барселона" Араухонинг ўрнига ўринбосар топди 0 10:55Уайт Макгрегорнинг Дублиндаги ресторанига ташриф буюрди 0

17 dek 21:27
Yangiliklar

Taekvondo

O'zbekiston taekvondo WT associaciyasida “Ochiq eshiklar” kuni o'tkazildi

Teglar :  Taekvondo
Bugun, 17 dekabr kuni O'zbekiston taekvondo WT associaciyasida “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi.

Havaskorlar, o'smirlar maktab o'quvchilari va ota-onalar uchun tashkil etilgan mazkur tadbir avvalida muxlislar shu kunga qadar taekvondochilarimizning Jahon va Osiyo chempionatlari turli nufuzli xalqaro musobaqalarda qo'lga kiritilgan yutuqlardan so'zlaguvchi eksponatlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo'ldilar. So'ngra mamlakatimiz terma jamoa azolari ularga mahorat saboqlarini o'tkazishdi. 

Bundan tashqari taekvondoga mehr qo'ygan o'smirlar va qizlar uchun o'ziga xos savol-javob viktorinasi hamda bolajonlar uchun dastlabki mashg'ulotlarni Jahon chempioni Dmitriy SHokin o'tkazdi. Ochik eshiklar kuni doirasida ota-onalar ayni kunlarda o'smirlar va kadetlar o'rtasida o'tayotgan mamlakat chempionati ish jarayoni, bahslar va hayajonli lahzalarga guvoh bo'lishdi. 

Bir so'z bilan aytganda taekvondo bo'yicha associaciya tomonidan tashkil etilgan “Ochiq eshiklar” kuni muxlislarda, yosh bolajonlarda katta qiziqish uyg'otgani tabbiy va shunday tadbirlar endilikda viloyat bo'limlarida ham tashkil etiladi. Malumot o'rnida aytish kerak bugungi kunda 20000ga yaqin havaskorlar taekvondo WT bilan shug'ullanib kelishadi.

O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing