27 iyu 13:18
Yangiliklar
O'zbekiston taekvondochilaridan navbatdagi SUPER natija yoxud Janubiy Koreya dog'da qoldirildi!
Quvonarlisi unda O'zbekiston taekvondo terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi va jami 4ta oltin, 1ta kumush va 2ta bronza medalini qo'lga kiritdi.
Ulug'bek Rashitov, Jasurbek Jaysunov, Nikita Rafalovich va SHuhrat Salaev barcha raqiblarini mag'lub etib, Osiyo chempioni degan nomga sazovor bo'lishdi va terma jamoamiz hisobiga 4ta OLTIN MEDALni qo'shib qo'ydi! Bungacha mustaqil O'zbekiston tarixida hech qachon Osiyo chempionatida 4ta oltin medal qo'lga kiritilmagan edi!
Yana bir faxrlanadigan jihat: o'zbekistonlik erkak taekvondochilar taekvondo vatanida yani Janubiy Koreyada, taekvondo yurtida katta bo'lgan sportchilarni oltin medallar soni bo'yicha dog'da qoldira olishdi 4:3! Bundan tashqari eronlik erkak taekvondochilar bu Osiyo chempionatida o'zbekistonlik sportchilarga hech qanday qarshilik qila olishmadi va bironta oltin medalni qo'lga kirita olishmadi.
Fikrlar