24 may 08:21
Yangiliklar
O'zbekiston terma jamoasi 107 davlat qatnashgan Jahon chempionatidagi ishtirokini nechanchi o'rinda yakunladi?
Dunyo birinchiligining so'nggi kuni og'ir vazn (erkaklarda -100, +100 kg, ayollarda +78 kg) toifalarida g'olib va sovrindorlar aniqlandi. Biz uchun jahon chempionatining birinchi va oxirgi kuni omadli keldi. Diyora Keldiyorova kumush medal bilan yurishimizni boshlab bergan bo'lsa, Alisher Yusupov so'nggi kun bronza medalini qo'lga kiritdi.
Sayyoramizning 107 davlati qatnashgan musobaqada Yaponiya terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi. Dzyudo vatani vakillari 3 ta oltin, 2 ta kumush, 4 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi. Gruziya 2 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medali bilan ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, Koreya Respublikasi 2 ta oltin, 3 ta bronza evaziga kuchli uchlikka yakun yasab berdi.
O'zbekiston terma jamoasi 1 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan 107 davlat orasida 11-o'rinni egalladi. To'qqiz davlat kamida 1 ta oltin, 15 mamlakat 1 ta kumush, 24 terma jamoa kamida 1 ta bronza medalini qo'lga kiritdi.
Fikrlar