11 dek 14:41
Yangiliklar
Boks/MMA
O'zbekiston terma jamoasi azosi jarohat sabab yarim finalda ringga chiqmaydigan bo'ldi
Dubay shahri boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi IBA Jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
Musobaqada -75 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Fazliddin Erkinboev yarim finalda Qozog'iston vakili Sabirjan Akkalikovga qarshi ringga ko'tarilishi lozim edi.
Lekin O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmatiga ko'ra, bokschimizning qo'lidan olgan jarohati sababli bugungi jang o'tkazilmaydi. SHu sababli, Fazliddin musobaqani bronza medali bilan yakunlaydi.
Malumot uchun, Fazliddin yarim finalga qadar Qirg'iz Respublikasi, Armaniston va Ozarbayjon terma jamoasi bokschilarini mag'lubiyatga uchratgandi.
SHu tariqa, bugun o'tkaziladigan yarim finallarda 8 nafar o'zbekistonlik bokschi ringga ko'tariladigan bo'ldi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar