So’nggi yangiliklar

19:21Пойтахтимизда IBA Nomad турнири ўтказилади (ПОСТЕР) 0 18:54"Андижон" футболчиси РПЛга йўл олмоқда 0 18:33Lausanne Grand Slam. Самариддин ва Сўғдиёна финал блокида бронза медали учун татамига чиқади 0 17:52Тошкент Осиё Паралимпия қўмитаси Бош ассамблеясига мезбонлик қилади 0 17:09Стол тенниси бўйича терма жамоамизнинг Осиё ўйинлари учун таркиби эълон қилинди 0 16:30Тьерри Анри УЕФА президенти мукофотига сазовор бўлди 0 15:56Акбар Исломбоевнинг жанги co main event мақомида ўтади 0 15:03Мария Тимофеева US Open туфайли Монтеррей турниридаги иштирокини якунлади 0 14:33Нурмагомедов ўз вазнида! UFC Shanghai турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 14:00УЕФА Инфантинога қарши жиноий иш қўзғатишга тайёрланмоқда 0 13:18Хитой 2027 йилги «Формула-1» мавсумини очиб бериши мумкин 0 12:30Жалгас Жумагулов Ўзбекистонда жанг қилади 0 11:53Волкановски UFC 333 олдидан Евлоевни огоҳлантирди 0 11:01Озарбайжон Президенти "Сабаҳ"га катта миқдорда пул ажратди 0 10:22Бивол ва Смит чемпионлик жанги санаси ҳамда жойини келишиб олди 0

30 apr 09:27
Yangiliklar

Suv sporti turlari

O'zbekiston terma jamoasi FINA jahon seriyasida sovrindor bo'ldi

Tokio shahrida sinxron suzish bo'yicha FINA jahon seriyasi bellashuvlari bo'lib o'tmoqda.

Unda jahonning 18 mamlakatidan sportchilar ishtirok etishmoqda. Ular qatorida O'zbekiston terma jamoasi azolari ham o'z omadini sinab ko'rmoqda. Qizlarimiz guruh bellashuvlarida erkin chiqish bo'yicha mashqlarda 80,3000 ball to'plab, bronza medalini qo'lga kiritdilar. Bu borada Yaponiya birinchi, Franciya terma jamoasi qizlari esa ikkinchi o'rinni egallashdi.

«Highlight» mashqlarida esa terma jamoamiz azolari 79,4000 ball jamg'arib, kumush medalga sazovor bo'lishdi. 85,2667 ball to'plagan franciyalik qizlar esa oltin medalni qo'lga kiritdilar. «Highlight» akrobatik mashqlardan tashkil topgan qiyin dastur hisoblanadi. O'zbekiston terma jamoasida akrobatik mashqlar murabbiy Farhod Hikmatov boshchiligida olib boriladi.

Eslatib o'tamiz, bundan bir necha kun oldin Xitoydagi Jahon seriyasining solo bo'yicha erkin chiqish bahslarida Xonzoda Toshxo'jaeva oltin, «Highlight»ning jamoaviy erkin dasturida esa terma jamoamiz azolari bronza medallarini qo'lga kiritgandilar.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing