24 dek 11:55
Yangiliklar
Dzyudo
O'zbekiston terma jamoasi Isroildan qaytib keldi + FOTO
Biroz avval 2022 yilgi mavsumning so'nggi musobaqasi - "Masters"da ishtirok etgan dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi delegaciyasi Isroil davlatidan yurtimizga qaytib keldi.
Dunyoning 5 qitasidan 60 ga yaqin davlat dzyudochilari ishtirok etgan ushbu nufuzli musobaqada terma jamoamiz azolari ham medallar hamda Parij-2024 Olimpiadasi yo'lidagi qimmatli reyting ochkolari uchun tatamiga chiqishdi.
Yakunda jamoamiz 1 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 11-o'rinda egalladi. Jami 22 davlat delegaciyalari kamida 1 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi.
SHohsupaga ko'tarilgan dzyudochilarimiz:
Kumush: SHahram Ahadov (-73 kg)
Bronza: Murodjon Yo'ldoshev (-73 kg)
Bronza: Alisher Yusupov (+100 kg)
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar