24 mar 15:46
Yangiliklar
Dzyudo
O'zbekiston terma jamoasi Tbilisi "Katta Dubulg'a" turnirini 2 ta kumush medal bilan yakunladi
Ayni daqiqalarda Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida dzyudo bo'yicha "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnirning so'nggi uchinchi kungi bellashuvlari o'tkazilmoqda.
Afsuski, uchinchi kungi bahslar dzyudochilarimiz uchun omadsiz yakunlandi. Mukofot jamg'armasi 154 000 evroni tashkil etuvchi ushbu nufuzli musobaqada O'zbekiston terma jamoasining 18 nafar dzyudochisi medallar hamda Parij-2024 Olimpiadasi yo'lidagi qimmatli reyting ochkolari uchun bahs olib borishdi.
Yakunda terma jamoamiz 2 ta kumush medal bilan musobaqadagi ishtirokini tugatdi. Sardor Nurillaev (-66 kg) va SHarofiddin Boltaboev (-81 kg) terma jamoamizga kumush medallarni taqdim etishdi. Bu ikki dyudochimiz qimmatli 700 reyting ochkosini ham qo'lga kiritdi. Bir nafardan dzyudochimiz beshinchi va ettinchi o'rinlarni band etishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar