So’nggi yangiliklar

16:39Бугун Тошкентда Mangu 2 турнири ўтказилади 0 16:18Сергей Фомин — Shymkent Challenger чемпиони! 0 15:57"Челси" 60 миллион еврога дарвозабон сотиб олиши мумкин 0 15:36Ислам Махачев Гэррига: "Шартнома кутяпман!" 0 15:15Рико Верхувен: "Усик билан жангда тарихни қайта ёзаман" 0 14:54"Биз сени кутяпмиз, малика!" – Иан Гэрри Махачевга кескин мурожаат қилди 0 14:33"Милан" юлдузини сотмоқчи, унга Европанинг ТОП клубларидан қизиқиш бор 0 14:12Боксчимизнинг Дана Уайт Лигасидаги илк жанги анонс қилинди + ПОСТЕР 0 13:51Махачев — Моралес жангининг қачон ўтказилиши айтилди 0 13:30Дэвид Бенавидес Сауль Альваресни қўрқоқликда айблади 0 13:09Германия тарихидаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди 0 12:58Нодирбек Якуббоев — Freestyle Friday ғолиби! 0 12:37Хамзат Чимаев Ронда Роузи танқидига "ответ" қилди 0 12:16Berlin Millennium Team Cadet European Cup 2026 турнири старт олди 0 11:55Нигерия терма жамоаси собиқ футболчиси майдонда вафот этди 0

22 apr 14:56
Yangiliklar

Dzyudo

O'zbekiston va BAA dzyudo federaciyalari hamkorligi yangi bosqichda!

SHu kunlarda BAAning Fujayra shahrida dzyudo bo'yicha Osiyo/Okeaniya chempionati bo'lib o'tmoqda.

Ikki qitaning ko'zga ko'ringan dzyudochilari qatorida o'zbekistonlik sportchilar ham nufuzli musobaqada munosib tarzda ishtirok etishyapti. Osiyo chempionati doirasida O'zbekiston dzyudo federaciyasi rahbariyati ham izchil ish olib bormoqda. 

Jumladan, O'zbekiston dzyudo federaciyasi prezidenti Azizjon Kamilov Dubay shahrida BAA dzyudo, sport kurashlari hamda kikboksing federaciyalari prezidenti Muhammad Bin Talub Al Deriyaning taklifi bilan uchrashuv o'tkazdi. Bu bejiz emas, albatta. O'zbek dzyudosi qitada o'z o'rniga ega bo'lib, juda ko'plab mamlakat federaciyalari biz bilan hamkorlik qilishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi.  

O'zbekiston va BAA dzyudo federaciyalari rahbarlarining uchrashuvi chog'ida tomonlar har ikki mamlakat dzyudo federaciyalarining hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish, dzyudochilarning qo'shma yig'inlarini tashkil etish, murabbiylarning tajriba almashinuvini taminlash, murabbiylar va hakamlar uchun turli seminarlar o'tkazish kabi masalalarni muhokama qilishdi. 

Uchrashuv so'nggida Azizjon Kamilov va Muhammad Bin Talub Al Deriya o'zaro esdalik sovg'alari almashishdi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing