10 mar 17:47
Yangiliklar
Sport kurashlari
O'zbekiston va Qirg'iziston klassiklari qo'shma mashg'ulot o'tkazadi
Ertadan yunon-rum kurashi bo'yicha O'zbekiston va Qirg'iziston terma jamoalarining xalqaro qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'ini boshlanadi.
Yon qo'shnilarimiz poytaxtimizga asosiy tarkib bilan etib kelishdi. Qo'shma mashg'ulot ertaga Toshkent viloyatining Angren shaharchasida joylashgan "Yangiobod" sport bazasida boshlanadi va 27 martga qadar davom etadi.
Ushbu yig'in har ikki terma jamoa azolari uchun ham 9-11 aprel kunlari Qozog'istonning Almati shahrida o'tkaziladigan Tokio Olimpiadasi uchun Osiyo licenzion turniriga tayyorgarlik bosqich vazifasini o'tab beradi. Mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan belgilangan.
Eslatib o'tamiz, yunon-rum kurashchilarimizdan Elmurat Tasmuradov (63 kg), Jalgasbay Berdimuratov (77 kg) va Rustam Assakalov (87 kg) Tokio Olimpiadasi yo'llanmasini qo'lga kiritib ulgurgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar