23 mar 09:05
Yangiliklar
O'zbekiston va Qirg'iziston "klassik"larining qo'shma mashg'uloti yakunlandi
Ushbu yig'in har ikki terma jamoa azolariga 9-11 aprel kunlari Qozog'istonning Almati shahrida o'tkaziladigan Tokio Olimpiadasi uchun Osiyo licenzion turniriga tayyorgarlik bosqich vazifasini o'tab berdi. Bugun qirg'izistonlik kurashchilar Toshkentga qaytishdi. Ertaga yon qo'shnilarimiz COVID-19 uchun test topshirishadi va shundan so'ng Bishkekka jo'nab ketishadi.
Malumot uchun, Ravshan Ro'ziqulov boshchiligidagi yunon-rum kurashchilarimizning "Yangiobod"dagi mashg'uloti 27 martga qadar davom etadi.
Mashg'ulotda qatnashayotgan tarkibimiz:
60 kg: Elmurat Tasmuradov, Jasur Ortiqboev, Ilhom Bahromov, Feruz To'xtaev
67 kg: Aram Vardanyan, Mahmud Baxshilloev, Islomjon Bahromov, Muhammadqodir Yusupov, Kamol Qo'ziev
77 kg: Jalgasbay Berdimuratov, Olloyor Abduqodirov, To'rabek Tirkashev, Sirojiddin Esonov
87 kg: Mirzobek Rahmatov, Nurbek Xoshimbekov, Alijon Xuseynov
97 kg: Muhammadali SHamsiddinov, Jamshid Qo'ziev, Samadjon Idiev, Jahongir
Turdiev
130 kg: Mo'minjon Abdullaev, Suhrob Fattoev, Daler Rahmatov, Timur O'rinboev
Bosh murabbiy - Ravshan Ro'ziqulov
Murabbiylar - Rustam Qudratov, Zaza Silagadze
SHifokor - Elena Abaeva
Fikrlar