So’nggi yangiliklar

13:13Месси МЛС тарихида қаторасига икки мавсум тўпурар бўлган илк футболчига айланди 0 12:42"У иштонини ҳўллаб қўяди". Фьюри — Жошуа билан бўлажак жанги ҳақида 0 12:11Дональд Трамп Дана Уайт, Махачев ва Нурмагомедовга Оқ уйда ишлашни таклиф қилди 0 11:40Шара Буллетнинг жанги расман тасдиқланди + ПОСТЕР 0 11:09“Насаф” аёллар жамоаси Осиё Чемпионлар лигаси 1/4 финалига чиқди 0 10:38Умматалиев ғалаба қозонган оқшомнинг асосий жанги WBC камари учун кечди 0 10:07UFC Vegas 124: Қирғиз жангчиси 12-ғалабасини қўлга киритди 0 09:36Оғир вазнлилар иштирокидаги UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жангида нокаут! 0 09:05Туркия Суперлигаси. "Башакшеҳир" меҳмонда камбэк эвазига ғалабага эришди + ВИДЕО 0 08:34Диёра Келдиёрованинг қайси мусобақада қатнашиши маълум бўлди 0 08:03Қозоғистон Олимпиада-2028 учун илк лицензиясини қўлга киритди 0 07:32Синдаров ва Гукеш матчида вақт назорати маълум бўлди 0 07:01"Манчестер Сити" "Ноттингем Форест"га мағлуб бўлди, Ҳусанов 90 дақиқа ўйнади + ВИДЕО 0 23:59Жавоҳир Умматалиев профессионал рингда учинчи ғалабасини қўлга киритди 0 19:50"Мен нафас ололмай қолгандим". Топурия Гэтжи билан жангда олган жароҳатларини очиқлади 0

24 sen 14:39
Yangiliklar

Suv sporti turlari

O'zbekiston va Rossiya hamkorligi yuzasidan Memorandum imzolandi

Poytaxtimizda O'zbekiston suzish federaciyasi hamda Rossiya suv polosi federaciyasi o'rtasida o'zaro hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Memorandum imzolandi.

Tadbirda O'zbekiston suzish federaciyasi birinchi vice-prezidenti Saidaxrol G'ulomov, federaciya vice-prezidenti SHuhrat Sattorov hamda Bosh kotib Alisher G'aniev, shuningdek, Rossiya suv polosi federaciyasi birinchi vice-prezidenti Evgeniy SHaronov ishtirok etishdi.

Imzolangan xujjatga ko'ra, endilikda har ikki davlat suzish federaciyalari hamkorlikda olimpiya o'yinlari dasturidan o'rin olgan sportning ushbu turini yanada rivojlantirish maqsadida har ikki tomonga manfaatli bo'lgan istiqbolli loyihalar ishlab chiqiladi va amaliyotga tadbiq etiladi.

Memorandum imzolash marosimida, shuningdek, suv polosi bo'yicha EvroOsiyo ligasini tashkil etish va unda O'zbekiston jamoalarini ishtirokiga oid masala ham muhokama qilindi.

Tadbirda Rossiya suv polosi federaciyasi birinchi vice-prezidenti Evgeniy SHaronov so'zga chiqib, mamlakatimizda sportga, xususan, suv polosini rivojlantirishga qaratilayotgan etiborni yuqori baholadi va o'zaro hamkorlik rishtalarini kengaytirish maqsadida imzolangan memorandum, har ikki davlatda suv polosini yanada taraqqiy etishiga xizmat qilajagini mamnuniyat bilan takidladi.

Memorandum imzolash marosimi so'ngida Evgeniy SHaronovga O'zbekiston suzish federaciyasining esdalik sovg'alari topshirildi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing