So’nggi yangiliklar

18:56Диёра Келдиёрова Словенияда машғулотларга киришди + ФОТО 0 18:28ОФК хулосаси: Ўзбекистон ЖЧда қандай ўйнади? 0 18:01Тарихий ютуқ: Жаҳон чемпионатида икки нафар ўзбекистонлик чавандоз иштирок этади 0 17:24Лайма Владсон Лейпцигдаги турнирнинг асосий тўрига йўл олди 0 16:50UFC рейтинги янгиланди. Нурсултон Рўзибоев ва Богдан Гусковнинг ўринларида ўзгариш рўй берди 0 16:19Винисиус “Арсенал” билан боғлиқ миш-мишлар фонида “Реал” қароргоҳига етиб келди 0 15:53Тошкент IBSA World Games 2027 комплекс мусобақасига мезбонлик қилади 0 15:22Рамазон Темиров қатнашиши кутилаётган турнирнинг асосий баҳси Забит иштирокида кечади + ПОСТЕР 0 14:57"Худди уни кимдир назорат қилаётгандек". Махачев Иан Гаррини танқид қилди 0 14:31100 миллион камми? “Ливерпуль” Франция терма жамоаси аъзоси учун курашмоқда 0 14:06Ислам Махачев бокс қоидалари бўйича жанг ўтказиш таклифига жавоб қайтарди 0 13:24Жошуа — Фьюри жанги Буюк Британияда эмас, бошқа жойда ўтказилиши мумкин 0 12:45"Кимдир ёлғон хабар тарқатибди" - Ислам Махачев 0 12:00"Декабргача ҳали вақт бор". Неймар фаолиятини якунлаши ҳақида фикр билдирди 0 11:29Рой Жонснинг шогирди Бектемир Мелиқўзиевни яна жангга чорлади 0

20 fev 09:44
Yangiliklar

Qishki sport turlari

O'zbekiston xokkey federaciyasi rahbari Moskvada KXL prezidenti bilan uchrashdi

Kecha Moskva shahrida O'zbekiston Xokkey Federaciyasi Prezidenti Baxtiyor Fozilov Kontinental Xokkey ligasi boshqaruvi Prezidenti Dmitriy CHernishenko bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog'ida mazkur sport turini O'zbekistonda yanada rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

Ayni paytda O'zbekiston rahbariyati tashabbusi bilan mamlakatimizda birinchi professional muz saroyi – “Humo Arena” qurib bitkazilmoqda. O'zbekistonning turli hududlarida zamonaviy muz maydonchalari qurilmoqda.

Xokkey dunyoda keng tarqalgan sport turlaridan biri sanaladi. Bugun O'zbekistonda sportning ushbu turiga qiziqish tobora ortib bormoqda. Qisqa fursatda mazkur sport turini yuksak darajada rivojlantirish, bu borada ulkan yutuqlarga erishgan Rossiya xokkey maktabi tajribasidan unumli foydalanish katta ahamiyatga ega.

Tomonlar strategik hamkorlikni yo'lga qo'ygan bu ikki mamlakatda xokkeyni yanada rivojlantirish, yangi muz saroyida ikki mamlakat sportchilari o'rtasida bellashuvlar tashkil etish bo'yicha kelishib oldilar.

Muzokaralar chog'ida qisqa fursatda o'zbekistonlik xokkeychilar xalqaro maydonda o'zining munosib o'rnini topa olishiga ishonch bildirildi, deya xabar beradi O'zbekiston Xokkey federaciyasi matbuot xizmati.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing