16 avg 14:45
Yangiliklar
Velosport
O'zbekistonda Belarus kompaniyasi ishtirokida velosipedlar ishlab chiqariladi
Belarusning “Motovelozavod” MCHJ kompaniyasi O'zbekistonda velosiped ishlab chiqarishni yo'lga qo'yadi. Bu haqda Belarus telegraf agentligi xabar tarqatdi.
Xabarda qayd qilinishicha, korxona Andijon viloyati hokimligi bilan viloyat hududida velotexnika ishlab chiqarishni tashkil etish niyatida kelishuvga erishgan.
Malum bo'lishicha, tomonlar birinchi navbatda velosiped ishlab chiqarishni boshlaydigan qo'shma korxona tashkil kelajakda esa korxonada motocikllar ishlab chiqarish ham yo'lga qo'yiladi.
Tomonlar tashkil etilayotgan korxonaga O'zbekistonda xorijiy investiciyalar ishtirokidagi boshqa qo'shma korxonalar uchun o'rnatilgan imtiyoz va preferenciyalarni taqdim etish to'g'risida ham kelishib olgan.
Havola :
Manba : uza.uz
Fikrlar