So’nggi yangiliklar

12:39Криштиану Роналду ЖЧ-2026 гуруҳ босқичи якунланганидан сўнг пост қолдирди 0 12:12Жаҳонгир Зокировнинг ғалабали жангидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 11:46Самбо. Осиё-Океания чемпионатини медаллар шодаси билан якунладик 0 11:05Зокиров Zuffa Boxing'даги дебютини нокаутли ғалаба билан бошлади 0 10:17Ўзбекистон миллий терма жамоаси ФИФАнинг янгиланган онлайн рейтингида яхшигина пастлади 0 18:42Шара Буллет: "Яқин орада камарни қўлга киритаман" 0 18:30Хабиб Нурмагомедов ЖЧ-2026 плей-офф босқичида ҳайратда қолдириши мумкин бўлган жамоаларни айтди 0 17:58Зубайра Тухугов кейинги жангини UFC'даги собиқ рақибига қарши ўтказади 0 17:19Бизнинг энг нозик нуқтамиз - ...! 0 16:31Рафаэль Физиев BMF камарини кўзламоқда 0 15:45Ҳумоюн Султонов Загреб турнири ғолиби! 0 14:53Жейрон Эннис энди икки вазн тоифасида жаҳон чемпиони 0 14:04Элдор Шомуродовда рекорд! 0 13:24Ёш юнон-рум курашчиларимиз Осиё чемпионатида биринчи бўлишди 0 12:37АҚШ терма жамоасининг Самарқанд мезбонлик қиладиган шахмат Олимпиадаси учун таркиби эълон қилинди 0

19 may 09:03
Yangiliklar

Tadbirlar

O'zbekistonda har yili Parasport xalqaro festivali o'tkaziladi

Mamlakatimizda bir yilda bir marta Parasport xalqaro festivali o'tkaziladi.

Bu haqida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarorida malum qilingan.

2021 yil 1 sentyabrdan boshlab “Sport hamma uchun” loyihasi doirasida jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo'lgan shaxslarni parasport turlari bilan keng qamrab olish, ularni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash hamda jamiyatga integraciya qilish maqsad qilingan. 

Qaror bilan har yili “3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni”ga bag'ishlab ko'zi ojizlar, zaif eshituvchilar va amputantlar o'rtasida parasport turlari turkumiga kiritilgan parastol tennisi, 5x5 futbol, golbol, paraengil atletika, parapauerlifting, parabadminton, shaxmat va boshqa sport turlari bo'yicha Toshkent shahrida respublika parasport festivali, shuningdek, boshqa hududlarda parasport festivallari tashkil etiladi. 

Hujjatga ko'ra, imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan talim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) o'quvchilari o'rtasida paralimpiya sport turlari bo'yicha musobaqalar tashkil etilib, taniqli sportchilar tomonidan mahorat darslari, seminarlar, konferenciya va davra suhbatlari o'tkaziladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing