04 sen 17:11
        Yangiliklar	
	
				
				    Taekvondo, Tokio-2020			    
				
				
			
				O'zbekistonda navbatdagi oltin! Parataekvondochimiz finalda g'alaba qozondi
Tokio shahrida Paralimpiya o'yinlari o'z yakuniga etmoqda.
			Para taekvondo bo'yicha ayollar o'rtasida +58 kg vazn toifasida hamyurtimiz Guljanoy Naimova hozirgina final jangini yakunladi.
Oltin medal uchun kechgan jangda vakilimizga braziliyalik Menezes Bezerra raqiblik qildi. Quvonarlisi, hamyurtimiz musobaqaning ikkinchi raqamli sportchisini 8:4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va oltin medalga sazovor bo'ldi.
Ayni damda delegaciyamiz hisobidagi medallar soni 19 taga etdi: 8 ta oltin, 5 ta kumush, 6 ta bronza.
            Havola            :         
                    Manba                : olamsport.com
            
			
Fikrlar