So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

13 iyu 16:02
Yangiliklar

Tadbirlar

O'zbekistonda Olimpiya kuniga katta tayyorgarlik ko'rilmoqda

Har yili 23 iyun kuni dunyo bo'ylab Xalqaro Olimpiya kuni (International Olympic Day) keng nishonlanadi.

Sizga shuni mamnuniyat bilan malum qilamizki, o'sha kuni O'zbekistonda ham ushbu sanani munosib nishonlash rejalashtirilgan va buning uchun ayni paytda katta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Milliy olimpiya qo'mitasi ushbu tadbirni qay tarzda tashkil etmoqchi? SHu haqida qisqacha malumot berib o'tsak. Rejaga binoan, kunning birinchi yarmida ananaviy marafon va engil atletika bo'yicha musobaqa uyushtiriladi. Kechki payt esa «Milliy» (sobiq «Bunyodkor») stadionida bo'lib o'tadigan bayramda sportchilar va sanatkorlar ishtirokida turli ko'rgazmali chiqishlar tashkil etiladi.

O'sha kuni Sizni ko'plab kutilmagan sovg'alar kutib turibdi. Mazkur sport bayramiga 30 000dan ortiq mehmon tashrif buyurishi kutilmoqda. Stadionda gimnastika, tennis, velosport, boks, qilichbozlik, yakkakurashlar hamda engil atletika ustalari o'z mahoratlarini yig'ilganlarga namoyish etadilar. Tadbirning asosiy qismida shou-biznes yulduzlari va ZO’R TV telekanali boshlovchilari o'rtasidagi futbol o'yini tashkil qilinadi. Bir so'z bilan aytganda 23 iyun kuni Sizni ajoyib sport bayrami kutib turibdi.

SHu kuni mamlakatimizning eng ko'rkam va muhtasham sport arenasiga eng kichik yoshdagi sport ixlosmandlaridan tortib, faxriylarimiz ham tashrif buyurishlari mumkin. Tadbirni tashkil etishdan ko'zlangan asosiy maqsad esa axoli orasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, turli avlod vakillarini jismoniy tarbiya va sportga qiziqtirishdir. SHunday ekan, Siz azizlar uchun tashkil qilinadigan ushbu sport bayramidan bebahra qolib ketmang. Sizni 23 iyun kuni «Milliy» stadionida kutib qolamiz.

Nima uchun Xalqaro olimpiya kuni aynan 23 iyun kuni nishonlanadi? Buning o'ziga yarasha tarixi bor. 1894 yilning iyunida Parijda 12 mamlakat vakillari ishtirokida jismoniy tarbiya yo'nalishida yuzaga kelgan muammolar bo'yicha xalqaro Kongress o'tkaziladi. 23 iyun kuni esa Olimpiya harakati tashabbuskori baron Per de Kuberten maruza qiladi. Unda Kuberten delegatlarni Olimpiya o'yinlarini zamonaviy tarzda tashkil qilish bo'yicha ishlab chiqilgan reja bilan tanishtiradi. SHuningdek, Olimpiya o'yinlarini qayta tiklab, uni har to'rt yilda o'tkazish va musobaqalarga barcha xalqlarni taklif qilish g'oyasini ilgari suradi. Kongress uning taklifini qabul qiladi va 1894 yil 23 iyun kuni Xalqaro Olimpiya qo'mitasiga rasman asos solinadi. SHu munosabat bilan Xalqaro olimpiya kuni 23 iyun sanasiga belgilangan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing