So’nggi yangiliklar

19:30Рамазон Темиров янгиланган UFC рейтингига муносабат билдирди (ФОТО) 0 18:42Энтони Жошуа нима сабабдан Усикнинг машғулот лагеридан кетганини тушунтирди 0 18:14"Барселона" ва "Реал" ярашув битимига эриша олмади 0 17:45Ислам Махачев қачондан кейинги жангига тайёргарликни бошлашини айтди 0 17:22Тошкентдаги проф бокс оқшоми учун яна бир жанг эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 16:54Таэквондо WТ терма жамоамиз World Taekwondo Final Гран-присида тўлиқ таркиб билан иштирок этади 0 16:17Гвардиола нима учун Италия терма жамоасини бошқаришдан бош тортгани ҳақида гапирди 0 15:41Гукеш Жавоҳир Синдаров билан илк партия ҳақида фикр билдирди 0 14:52Сенсацион мағлубиятидан кейин Гейбл Стивсоннинг UFC'даги навбатдаги жанги эълон қилинди 0 14:01Жавоҳир Синдаров Гукеш билан илк партиядан сўнг нималар деди? 0 13:15ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўз уйида Баҳрайн жамоасини меҳмон қилади 0 12:42Никита Белозерцев Анқарадаги Челленжерда нимчорак финалга йўл олди 0 11:31Царукян RAF лигасида Махачев ва Нурмагомедов билан курашмоқчи 0 10:24«Исламни ММАдан кетишга мажбур қиламан». Карлос Пратес Махачев билан эҳтимолий жанг ҳақида 0 09:36ЕЧЛ. "Арсенал" ғалабани қўлдан чиқарди, "Ман Сити"да дуранг ва бошқа натижалар 0

20 iyu 11:23
Yangiliklar

Tadbirlar

O'zbekistonda “Olympic Day” boshlandi!

23 iyun – Xalqaro Olimpiya kuni. Xalqaro Olimpiya qo'mitasi tashkil topgan ushbu sana butun dunyoda katta shodiyona sifatida nishonlanadi.

XOQ qaroriga ko'ra, barcha mamlakatlar ushbu bayramni 23 iyun kuni atrofida nishonlashlari mumkinligi belgilangan. O'zbekistonda 2020 yilgi Olimpiya kuni bugun nishonlanmoqda. Asosiy bayram tadbiri bugun o'tkazilsada, ushbu kun shukuhi bir necha kun muqaddam boshlangan. Jumladan, 15 iyundan virtual yugurish dasturi yo'lga qo'yilib, unda hozirgacha 500 nafarga yaqin hamyurtimiz o'z omadini sinab ko'rishdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ham “Olimpiada – bu . . .” loyihasi yo'lga qo'yilib, unda taniqli o'zbek sportchilari va minglab muxlislarimizni jalb qildik.

Ayni paytda butun dunyo koronavirus pandemiyasi tasiri ostida bo'lgani bois bu yilgi bayram barcha mamlakatlarda onlayn tarzda qarshi olinmoqda. SHu jumladan, diyorimizda ham.

Odatga ko'ra, ushbu sanada yugurish va boshqa turli sport musobaqalari, jismoniy mashg'ulotlar bajarilib, bu orqali barcha sog'lom turmush tarziga targ'ib qilinadi. Bugun erta tongda Milliy olimpiya qo'mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Olimpiya sport turlari bo'yicha federaciya va associaciyalar xodimlari, sportchi va murabbiylar ushbu kun doirasida birgalikda badantarbiya mashqini bajarishdi.

Bugungi bayram dasturi shu bilan nihoyasiga etmaydi, albatta. Kun davomida Olimpiya o'yinlari va jahon chempionatlarida shohsupaga ko'tarilgan o'zbek sportining yorqin vakillari ishtirokida asosiy tadbir onlayn tarzda o'tishi belgilab qo'yilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing