So’nggi yangiliklar

08:15Расман! Пеп Гвардиола "Манчестер Сити" билан шартномасини узайтирди + ФОТО 0 07:54Prezident Kubogi. Икки Нодирбек ғалаба билан бошлади. Қолган шахматчиларимизда қандай натижа? + ФОТО 0 07:33Қайта тайинланган вазир иштирокидаги йиғилишда устувор вазифалар белгилаб олинди 0 07:12Дзюдо бўйича Ўзбекистон чемпионатининг илк куни 4 та вазнда ғолиблар аниқланди ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 19:10Ўзбекистонлик ҳакамлар ОЧЛ-2 доирасидаги баҳсни бошқаради 0 18:47Доғистон - Ирландия! Хабиб ва Конор PFL'да ўзаро тўқнаш келишадими? 0 18:24Усик Фьюри билан жанг ҳақида: "Бир ой қолди" 0 18:01Йўғе?! Жейк Пол акаси Логан билан жанг қилишга тайёрлигини айтди 0 17:39"Кимгадир ёқар лола, ким атиргул шайдоси". Дунё юлдузлари қайси жамоаларга мухлислик қилади? 0 17:17UFC 309 турнирида жанг қилган юлдузлар қанча муддатга тиббий дисквалификация олгани маълум 0 16:54Пол Тайсон билан жангда 90 миллион ишлаб олгани ҳақидаги миш-мишларга жавоб берди 0 16:25Катталар ўртасидаги Ўзбекистон чемпионатининг илк кунги саралаш баҳсларидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:04Сан-Марино терма жамоаси ЖЧ-2026га йўл олиши мумкин. Қандай қилиб?! 0 15:43IBF'нинг янгиланган рейтингида бир нафар боксчимиз қолди 0 15:22"Мераб Умар билан жангдан қочмоқда" - Петр Ян 0

30 iyu 19:19
Yangiliklar

Tokio-2020

"O'zbekistonda qolaman, bu mening Vatanim, uni yaxshi ko'raman". Oksana CHusovitinadan katta INTERVYU

Teglar :  Oksana CHusovitina
Tarixda sakkizta Olimpiadada qatnashgan yagona gimnastikachi, o'zbekistonlik sportchi Oksana CHusovitina Sputnik muxbiriga intervyu berdi.

Olamsport.com esa mazkur intervyuni o'zbek tilida sizga taqdim etadi.

Afsonamiz professional karerasini yakunlagach, sportdan keyingi hayot haqida gapirib berdi va o'z o'rinbosarlari sifatida kimni ko'rishini aytdi.


- Oksana, Tokioda qancha qolishni rejalashtiryapsiz?

- Men 9 avgustgacha Yaponiyada bo'laman, chunki men XOQ sportchilar komissiyasiga nomzodman, natijalar elon qilinishini kutishimiz kerak.


- Agar XOQga saylangan bo'lsangiz, o'zingiz uchun qaysi maqsadni asosiy deb hisoblaysiz?

- Men sport halol va shaffof bo'lishini xohlayman. Agar sportchilar kimgadir biror narsa deya olmasalar, komissiya bunga yordam beradi.


- Sizningcha, sportni doping va mojarolardan xoli qilish mumkinmi?

- Agar siz buni bosqichma- bosqich amalga oshirsangiz, albatta, mumkin. Bu dunyoda hamma narsaga erishish mumkin.


- Sportchilarning o'zi 3 avgustgacha sizning nomzodingizga ovoz beradi. Siz Tokioda hamkasblaringiz kimga ovoz berishni rejalashtirayotganini so'raganmisiz?

- Hech kim ochiq muhokama qilmaydi, albatta. Ammo men ovoz beradigan bazi sportchilarimizni uchratganimda, ularning hammasi: "Oh, Oksanka, biz senga ovoz berdik", deyishadi. Lekin men ularning yoniga borib so'ramayman.

  

- Tokioda shahar ko'chalarida ochilish marosimida bo'lib o'tgan noroziliklarni kuzata oldingizmi?

- SHaxsan men Tokioda hech qanday norozilik ko'rmadim, hammasi yaxshi.


- Agar biz pandemiya sharoitida xavfsizlik choralari haqida gapiradigan bo'lsak, sizningcha, Tokio rasmiylari va Olimpiada tashkilotchilari XXI asrning barcha qiyinchiliklariga dosh bera oladimi?

- Mezbon hamma narsani qiladi: hamma joyda dezinfekciya vositalari bor va tashkilotchilar hamma kirib-chiqayotganlardan qo'llarini tozalashlarini iltimos qiladi. Ular xonadagi narsalarning barchasini dezinfekciya vositalari bilan tozalashadi.


- Bahslarda doping nazorati tizimi sportchilarda shikoyatlarni keltirib chiqaradi. Siz sportchilarning noroziligini qo'llab-quvvatlaysizmi?

- Procedura bor, bazida ular yonimga ertalab soat 6.30da kelishardi, lekin hammasi yozib qo'yilgan. Mana shunday doping nazoratidan o'tgan sportchilar omadsiz, lekin menimcha hamma bir xil sharoitda.


- Bu sakkizinchi Olimpiadangiz - solishtirish mumkin bo'lgan jihatlar bor. Tuyg'ular, shahar, musobaqalar, raqiblar haqidagi taassurotlar unutiladimi?

- Har safar bir narsa yangicha tarzda sodir bo'ladi, lekin bir narsa o'zgarishsiz qoladi. Ammo bazi Olimpiadalarga kelganda, siz hali ham hayajonlanasiz, bu erda eng yaxshi sportchilar to'planganini bilasiz. Hayajon bor, shuning uchun o'tgan voqealarni eslashga vaqt yo'q.


- Bunday qatiy cheklov choralari sportchilar o'rtasida tortishuvlarga sabab bo'layaptimi?

- Sportchilar janjallashishmaydi, men bilgan hamkasblarimga ko'ra, hamma o'zlarini himoya qilish uchun emlangan. Biz bu o'yinlarni to'rt yil emas, hatto besh yil kutdik. Agar hech bo'lmaganda o'zingizni himoya qilish imkoniyati bo'lsa, menimcha, har qanday sportchi shunday xavfsizlik uchun o'zini himoyalaydi.


- Olimpiadadagi ishtiroklaringiz tugaganini musobaqaning qaysi nuqtasida tushundingiz?

- Rostini aytsam, har doim bu haqida o'ylaganman. Men buni Olimpiadaga kelganimda tushundim, o'z holatimni ko'rdim va his qildim. Ammo, har doimgidek umid oxiriga kelganda o'ladi. Agar Olimpiada bir yil oldin bo'lib o'tganida men boshqacha fikr bildirigan bo'lardim. Yosh sportchi uchun bir yil unchalik uzoq emasdek tuyuladi. Va biz sport formamizni saqlab qolishimiz kerak. Ammo, afsuski, o'zingizni shu darajada ushlab turish qiyin. Xo'sh, bu qanday sodir bo'ldi deyishingiz mumkin. SHtutgartga qaytganimda, men Olimpiadaga yo'llanmani qo'lga kiritganimda, bu mening Tokiodagi oxirgi Olimpiadam bo'lishini his qildim va endi mashg'ulot o'tkazmayman dedim. Bilasizmi... Go'yo ichingizda hamma narsa etarli ekanligini his qilasiz.


- Agar biz sizning izdoshlaringiz haqida gapiradigan bo'lsak, O'zbekistonda yosh gimnastikachilar bormi, ularga kim etibor berish kerak, sizning ishingiz xalqaro maydonda munosib davom ettiriladimi?

- Bizda yosh qizlar bor, ular Bolgariyada Olimpiada oldidan Jahon chempionatida qatnashishgan va o'sha erda ulardan biri g'olib bo'lgan, ikkinchisi esa tayanib sakrashda finalga chiqqan. Menimcha, ularga etibor berilishi kerak. Masalan, Dildora Oripova. U iqtidorli, menga juda yoqadi.


- O'zbekiston olimpiya terma jamoasidan kimdir bilan muloqot qila olasizmi? Ko'pchilik bokschilarning muvaffaqiyatsizligidan xafa ...

- Biz hamma bilan muloqot qilamiz, lekin agar odam o'zi gapirmasa, men uning ruhiyatini hech qachon qo'zg'atmayman, biror narsa so'ramayman. Men bokschilar uchun juda afsusdaman, xafaman, ishtirokchilarimizdan xavotirdaman. Ammo bu sport va Olimpiada - hamma narsani ko'rsatadi. 


- Rossiya gimnastikachilarining g'alabasini qanday qabul qildingiz?

- Men jamoaviy final oldidan qizlar bilan uchrashdim. Ular oshxonadan chiqib ketishayotganida omad tiladim, chunki bilaman, sportchiga bahslar oldidan xalal bermaslik yaxshiroq. Bilasizmi, men ular uchun juda xursandman, faqat quvondim. Yaxshi, qizlar! Avvalroq, agar ular birlashib, hamma narsani qilishsa, AQSH terma jamoasini chetlab o'tishlari mumkinligi haqida intervyuda aytgandim. Demak, bu munosib g'alaba, men ular bilan juda faxrlanaman.


- Simona Baylsning jarohati. Yosh sportchiga bu zarbadan qanday omon qolish haqida maslahat bera olasizmi?

- Uning jarohati bormi, yo'qmi, bilmadim, chunki kecha u normal yurayotgan edi. Ammo bu - Olimpiada. Men unga chin dildan omad tilayman, shunda hamma narsa o'z holiga qaytadi va jiddiy narsa bo'lmaydi. U hali juda yosh va hammasi oldinda. Har qanday mag'lubiyat g'alabaga birinchi qadamdir.


- Bu bahslarning umumiy raqobatbardoshligini qanday baholaysiz?

- Darajasi juda yuqori, bu erga kelgan har bir sportchi medalga loyiq. Afsuski, ulardan faqat uchtasi medal oladi, lekin ularning har biri munosib. Va men finalni qiziqish bilan kuzataman. Kuchlilar g'alaba qozonadi.


- Sportchilik karerangizni tugatganingizdan so'ng o'zingizni murabbiy sifatida ko'rmayotgangizni aytgandingiz. Sizga bu borada takliflar bo'lganmi?

- Hozircha hech qanday taklif tushmadi. Men murabbiy bo'lolmayman. Boshqa rejalarim bor: men Toshkentda o'z klubimni ochmoqchiman, yoshlar sportchilar bilan shug'ullanmoqchiman, sog'lom avlodni shakllantirish uchun iloji boricha ko'proq yoshlarni jalb qilmoqchiman.


- Faoliyatingizni tugatgandan so'ng O'zbekistonda qolasizmi?

- Men bu haqda o'ylamagandim ham. Albatta, men O'zbekistonda qolaman, bu mening Vatanim, men uni juda yaxshi ko'raman, u erda mening do'stlarim, butun hayotim bor. Men hatto ketish yoki biror joyga ko'chish haqida o'ylamaganman ham.


Sarvinoz RAXMONQULOVA tarjimasi.

Reyting: +2   

Fikrlar

   
31 iyu 07:23:26
Тожиддин Ҳикматов
Мана спортчи қанақа бўлиши керак. 8та олимпиадани кўрган спортчи бир оғиз хам мақтанмаган. Мураббий бўламан демаган. Ҳеч кимни айбламаган. Энг мухими Ўзбекистондан кетиш хақида хатто ўйлаб кўрмабман, деган. Оксана қаҳрамон, ҳақиқий афсона! Келгусидаги ишларингга омад!
   
30 iyu 20:34:30
Умрбек Эгамберганов
Оксана Чусовитина опа гап йоу сизга. Проста RESPECT!!!
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing