14 sen 11:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Bugun Murodjon Ahmadaliev mutlaq chempionlik uchun Naoya Inouega qarshi jang qiladi (jang vaqti + translyaciya)
Bugun, 14 sentyabr o'zbek boksi uchun tarixiy kunlardan biriga aylanishi mumkin.
Yaponiyaning Nagoya shahri mezbonlik qiladigan professional boks oqshomida hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev mezbon bokschi, ikkinchi eng engil vazn toifasining mutlaq chempioni, P4P reytingi etakchilaridan biri Naoya Inouega qarshi jang qiladi.
Ushbu jang Toshkent vaqti bilan taxminan 16:30 dan so'ng boshlanadi.
Ahmadaliev mazkur jangda g'alaba qozonish orqali, biryo'la beshta kamar sohibiga aylanishi mumkin.
Naoya Inoue jang uchun 15 million dollardan ortiq, Murodjon Ahmadaliev esa 5 million dollardan ortiq gonorarga ega bo'ladi.
Mazkur jangni telegramdagi Sport Universal kanali orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar