So’nggi yangiliklar

17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0 14:15Трамполин бўйича Жаҳон чемпионатида олтин медаль қўлга киритилди! 0 13:44"Дакар-2026": уч боксчимиз иштирок этган Олимпиадада икки олтин қўлга киритилди ва тарихий натижа қайд этилди 0 13:13Ирисметов Россиянинг ўйини ҳақида: "Улар кўпроқ испанларга ўхшаб қолибди" 0 12:42Макгрегор Нурмагомедов ва Двалишвили жанжалига муносабат билдирди + ФОТО 0 12:11Рамазон Темиров вазнидаги чемпионлик жангини ким суғурталаши маълум бўлди 0 11:40Спорт — миллат саломатлиги, илм-фан ва камолот омили! 0 11:09Here we go. Маурисио Почеттино - "Манчестер Юнайтед" бош мураббийи! 0 10:38Нурмагомедов Абу-Дабидаги RAF турнирига киритилмайди 0

31 mar 09:23
Yangiliklar

Qishki sport turlari

O'zbekistonda xokkey federaciyasi ochildi

Teglar :  XokkeyO'zbekiston
Adliya vazirligi 2018 yil 28 martda O'zbekiston Respublikasi Xokkey federaciyasini davlat ro'yxatidan o'tkazdi, deb xabar bermoqda xabar.uz.

Ushbu tashkilotning asosiy maqsadi O'zbekiston Respublikasida xokkeyni rivojlantirish, targ'ib qilish va ommaviylashtirish, shuningdek, shaxsni har tomonlama va uyg'un kamol toptirishda uning rolini kuchaytirish hamda aholi salomatligini mustahkamlash, sog'lom turmush tarzini shakllantirishga ko'maklashish hisoblanadi.

SHuningdek, tashkilot vazifalariga xokkey bo'yicha sport tadbirlarini, shu jumladan, O'zbekiston Respublikasi chempionatlari, birinchiliklari, kuboklari va boshqa rasmiy sport musobaqalarini, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi hududida xalqaro sport musobaqalarini tashkil etish va o'tkazish, xokkey bo'yicha O'zbekiston Respublikasi sport terma jamoalarini tuzish va tayyorlashda ishtirok etish, oliy malakali sportchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, O'zbekiston Respublikasi terma va klub jamoalarini xalqaro sport musobaqalarida qatnashishga tayyorlash bo'yicha tadbirlarni taminlashga ko'maklashish va boshqa vazifalar kiradi.

O'zbekiston Respublikasi Xokkey federaciyasi tasischilar konferenciyasida uning rahbari etib, Fazilov Baxtiyor SHuhratovich saylangan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing