26 iyu 18:39
Yangiliklar
Taekvondo, Tokio-2020
O'zbekistondan so'ng Rossiya ham o'z tarixida taekvondo bo'yicha birinchi Olimpiada chempioniga ega bo'ldi
Bugun Tokio Olimpiadasida taekvondo bo'yicha erkaklar o'rtasida -80 kg vazn toifasida bahslar o'tkazildi.
Ushbu vazn toifasida rossiyalik Maksim Xramcov barcha raqiblarini mag'lub etgan holda oltin medalni qo'lga kiritdi.
Bu Rossiya uchun taekvondo bo'yicha birinchi oltin medal bo'ldi. Bungacha xech bir rossiyalik taekvondochi Olimpiya o'yinlari chempioni bo'lolmagandi.
Ushbu yo'nalishda shuningdek hamyurtimiz Nikita Rafalovich yarim finalgacha etib kelgandi. Afsuski, u avvaliga yarim finalda iordaniyalik, bronza medali uchun kechgan jangda esa xorvatiyalik raqibga yutqazib qo'ydi.
Kecha esa Ulug'bek Rashitov Olimpiada chempioniga aylangan ilk o'zbek taekvondochisi sifatida tarixga kirgandi.
Havola :
Manba : Sports.ru
Fikrlar