26 sen 14:40
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbekistonga boks musobaqalari qaytmoqda: karantindan keyingi ilk turnir Andijonda o'tkaziladi
Pandemiya sabab yurtimizda barcha ommaviy tadbirlar qatori, boks musobaqalari ham vaqtinchalik to'xtatilgandi.
Nihoyat O'zbekiston boks federaciyasi ilk turnirni tashkil etishini malum qiladi. Unga ko'ra, 9-14 oktyabr kunlari Andijon shahrida O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy V.A.Zolotaryov xotirasiga bag'ishlangan ananaviy musobaqa tashkil etiladi. Bahslarda Respublikamizning turli hududlaridan 170 nafardan ziyod charm qo'lqop ustasi ishtirok etishi kutilmoqda.
Janglar 10 ta vazn toifasida, 1999 yil va undan keyin tavallud topgan bokschilar ishtirokida o'tkaziladi.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : t.me/boxinguzbekistan/4351
Fikrlar