05 avg 14:25
Yangiliklar
Eshkak eshish

O'zbekistonlik baydarka va kanoechilar Bolgariya Prezidenti bilan uchrashdi (FOTO)
Bu haqda Rowing&Canoe Uzbekistan federaciyasi axborot xizmati xabar berdi.
"Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Plovdiv shahrida (Bolgariya) o'tkazilayotgan xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasida mamlakat prezidenti Rumen Radev bilan uchrashdi. Muhtaram Prezident sportchi va murabbiylarimiz uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mashg'ulotlar jarayoni bilan tanishdi. Mazkur uchrashuv O'zbekiston va Bolgariya o'rtasidagi sport aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi", deyiladi xabarda.
Havola :
Manba : t.me/rowing_uz
Fikrlar