03 noy 15:58
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbekistonlik bokschi Osiyo chempionatida boshqa mamlakat safida ringga ko'tarildi
Iordaniyada boks bo'yicha kattalar o'rtasida Osiyo chempionati o'tkazilmoqda.
Bugun musobaqaning uchinchi kun bahslari o'tkazilmoqda.
Musobaqada -92 kg vazn toifasida o'zbekistonlik bokschi Abdulla Rajabov Kambodja terma jamoasi safida ringga ko'tarildi. U ilk bosqichda koreyalik Xane Ul Jungga qarshi ringga ko'tarildi va 5:0 hisobida g'alabaga erishdi.
Endi Abdulla keyingi bosqichda O'zbekiston terma jamoasi azosi Madiyar Saidrahimovga qarshi jang qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar