So’nggi yangiliklar

18:25МакГрегор ўз рекордини Хабиб, Топурия ва Махачевнинг рекорди билан солиштирди 0 18:02UFC ҳар йили Забит Магомедшариповга қайтишни таклиф қилади 0 17:38Флойд Мейвезер фаолиятидаги энг муҳим 7 та ғалабасини санаб берди 0 17:17"Элит футболчи бўлади". Машҳур скаут — Ҳусановнинг "Манчестер Сити"даги истиқболи ҳақида 0 16:54Анкалаев: "Мен августда жанг қилишга рози бўлганимдан сўнг, Перейра реваншни истамаётгандек туюлмоқда" 0 16:28Александр Волков июнь ойидаги UFC турнирида жанг қилиши мумкин 0 16:05Хельвани: "Белал Муҳаммад UFC чемпионлигидан айрилиши мумкин" 0 15:39АПЛнинг мавсумдаги энг тезкор футболчиси аниқланди 0 15:17Чисора чемпион бўлган тақдирда ҳам фаолиятини якунлайди 0 14:52Жозеф Спенсер жамоаси беш кун қолганида Тим Цзю билан жанг қилишдан бор тортмоқда, сабаби ўзига хос! 0 14:26PFL World Tournament 1 турнирининг тўлиқ карди, бошланиш вақти ва манзили аниқ! 0 14:05Карло Анчелотти 4:4 ҳақида: "Реал" уйида ҳеч қачон таслим бўлмайди" 0 13:44Ўзбекистон иштирок этадиган ЖЧ учун чипталар сотувга чиқарилди 0 13:23Расман. Конорнинг "издоши" UFC турнирининг асосий жангида октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 13:02Фигурали учувчилар Екатерина Гейниш ва Дмитрий Чигирёв мавсумни Жаҳон рейтингида нечанчи ўринда якунлашгани маълум бўлди 0

01 avg 14:30
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

O'zbekistonlik bokschining promouteri bo'lgan afsonaviy Don King haqida nimalarni bilamiz?

SHubhasiz, o'tgan asrning eng kuchli va qudratli promouteri bu - Don King!

Bugun boks promouterlarining "qiroli" haqidagi qiziqarli malumotlarga ega bo'lasiz.

Bolalik yillari

Donald (Don) King - 1931 yil 20 avgust kuni Ogayo shtatining Klivlend shahrida tug'ilgan. Donning ota-onasi Klarensa va Xetti King bo'lgan. Kingning otasi 10 yoshida baxtsiz hodisa tufayli vafot etadi. Boquvchisiz qolgan oila ro'zg'orini onasi ijtimoiy himoyalar yordamida tebratadi. Don King barcha kambag'al bolalar singari boy va hech nimaga muhtoj bo'lmasdan yashashni orzu qiladi. Orzuni ro'yobga chiqarish maqsadida yuridik soha bo'yicha o'qishni boshlaydi. 

"Qirollardek yashash miyamdan bir soniyaga chiqmagan. Yoshligim nochorlikda o'tdi. Hashamatli restoranlar, qimmat buyumlar, go'zal qizlarni ko'rganimda, ularning hammasi meniki bo'lishi kerakligini o'ylar edim", - deb eslaydi yoshligini Don.

Don King to'g'ri yo'l bilan ko'p pul topish qiyin ekanligini tezda anglaydi. SHu boisdan bo'lsa kerak, o'qishni tashlab, iloji boricha tezroq pul topish harakatiga tushadi. Do'sti Jorj bilan birgalikda bir nechta ishga qo'l uradi, xatto "Oltin qo'lqop" boks musobaqasida ham ishtirok etadi. Ammo, omadizlikka uchrab, birinchi raunddayoq mag'lub bo'ladi. SHundan so'ng, u bor etiborini qimor o'yinlari orqali pul topishga qaratadi. 

U avvaliga lotareya o'yinlarini o'tkazdi, keyinchalik esa kazinoda ishladi. Ishlari yurishib ketgan 20 yoshli King Klivlendning qora tanlilari orasida eng nufuzli kishisiga aylandi. Kingning bu ishlari o'ziga xavf tug'dirishni boshladi. Yosh "tadbirkor" 20 marta policiya xodimlari tomonidan hibsga olingan. Hattoki, 1954 yili kazinosini himoya qilish uchun o'g'riga qarata o'q ham uzadi. Don King faoliyatini yanada kengaytirish bilan band bo'lgan bir paytda, aniqrog'i, 1959 yili xavfli tashkilot bilan kelisholmay qoladi. Kunlarning birida Kingga o'q uziladi, lekin baxtiga jarohat xavfli bo'lmaydi. 

Har qanday yomonlikning oxiri bo'lganidek, King ham barcha qilmishlari uchun tovon to'laydi. SHerikigini o'ldirib qo'ygan Don 3 yilu 11 oylik qamoq jazosiga mahkum etiladi. U qamoqxonada juda ko'p kitob o'qidi. Jazo muddati yakuniga yaqinlashgani sari, uning qamoqdan tashqaridagi rejalari ham pishib borardi. Uning maqsadi endi boks sohasini gullatish edi. 

Boylik sari yo'l

King 1971 yil qamoqdan chiqishi bilan tezda boks olamidagi mashhur promouterlar bilan aloqalar o'rnatishni boshlaydi. Ammo, pul muammosi uni qiynaydi. Baxtiga eski qadrdonlari qo'llab yuborishadi. Don King 1972 yili tanishlari yordamida Muhammad Ali bilan uchrashadi va afsonani xayriya jangida ishtirok etishga ko'ndiradi. Uning bu jangdan maqsadi pul emas, balki piar edi. Don bu ishni qoyilmaqom tarzda uddaladi. Alining jangidan 80 000 dollar foyda ko'rildi. Lekin bo'lajak promouterlar qiroli foydadan bir cent ham olmadi va barcha pulni shifoxona qurilishiga sarfladi. Omad shohsupasiga zinama-zina chiqayotgan Don barcha katta pullar superog'ir vaznda ekanligini anglab etdi. SHu sababli eng kuchli superog'ir vazn bokschilari bilan aloqalar o'rnatishni boshladi. O'tgan asrning 70-yillarida superog'ir vaznda Jorj Forman hamda Jo Freyzer davri edi. King amaldagi chempion Freyzerga menejerlik qiladi. 1973 yilning yanvarida uzoq kutilgan "Katta Jorj" jangini tashkil qilishga erishdi. Kutilmaganda, Forman amaldagi chempioni mag'lub etdi. Bu vaziyatda King sekingina Freyzerni tashlab, Forman tomonga o'tib oladi. 

1974 yili King "Don King Prodousrions" promouterlik kompaniyasiga asos soldi. SHu yilning o'zida "Asr jangi" deya etirof etilgan Muhammad Ali va Jo Freyzer o'rtasidagi jangni tashkil qiladi. Bunday jang so'zsiz katta pul talab qilardi. King soliqlardan qutilib qolish uchun jangni Afrikaning markazi - Zoirda o'tkazishga qaror qiladi. Zoirda jang bo'lishi Kingga kutilmaganda juda katta omad olib keldi. Har ikki bokschi ham qora tanli bo'lgani uchun muxlislar va rahbarlarga jang qiziqarli edi. King har ikki sportchiga kafolatlangan 5 million dollar beradi. Uning o'zi esa bundan ham ko'proq ishlab topishga erishadi. King 1975 yili yana bir dahshatli jangni o'tkazishga erishgan. "Manila trilleri" deb nom olgan jangda Ali Freyzerga qarshi ringga chiqadi. Don doimgdek, katta pul sarflashdan qochish sababli jangni dunyorning boshqa burchagi - Filippinda o'tkazdi. Jang kutilganidan ham omadli chiqadi va aynan shu jangdan so'ng Kingni butun dunyo tan oldi. "Don King Prodousrions" promouterlik kompaniyasi faoliyatini kengaytirishni boshlaydi. 70-yillarning boshida superog'ir vazn toifasidan tashqari boshqa toifalarning eng kuchli bokschilari - Aleksis Arguello, Larri Xolms, Roberto Dyuran, Vilfred Gomes, Salvador Sanches, Uilfred Benites bilan shartnoma imzolaydi. Bu bokschilar qatoriga keyinchalik Rikardo Lopes, Xulio Sezar CHaves, Jerald Makklellan, Terri Norris, Karlos Zarate, Rikardo Mayorga, Meldrik Teylor, Bernard Xopkins, Azuma Nelson, Feliks Trinidad, Mayk Tayson kabi bokschilar qo'shiladi. 

"Bu sohada faoliyatimni boshlashdan avval bokschilar katta janglarda ishtirok etmagan hamda yaxshigina gonorar olmagan. Boksni qo'lga olganimdan keyingina dunyo boksi haqiqiy janglarni ko'rishni boshladi", - degan edi King.

"King aql bovar qilmas darajada aqlli. Don ko'pchilikka ahmoqdek ko'rinishi mumkin, lekin u juda ham aqlli siyosat olib borgan", - degan edi HBO Sports sobiq prezidenti Set Abraxam.

 

Don King haqida qiziqarli faktlar:

* Don ikki marta "Boks shon-sharaf zali"ga kiritilgan 

* King 600 dan ziyod chempionlik janglarini tashkil qilgan

* Uning boksdan topgan sof daromadi 400 million dollarni tashkil etadi 

* Donning bir qizi hamda ikki nafar asrab olgan o'g'illari bor

* King siyosatga ham jiddiy ravishda aralashgan, u Barak Obamaning saylov oldi kompaniyasiga ko'mak bergan. Trampga esa qarshi chiqqan. 

* King nomidan noqonuniy foydalangani uchun 2005 yilda ESPN kanalini sudga bergan 

* 2012 yili SHimoliy hamda Janubiy Koreyani birlashtirishga urinib ko'rgan 

* King bir yilda eng ko'p chempionlik jangi tashkil etish bo'yicha rekord o'rnatgan: 1994 yilda 47 ta chempionlik jangi!

* King "SHaytoning advokati" filmida epizod rolida ko'rinish bergan

* U bir necha marotaba sudga chaqirilgan, lekin har safar suvdan quruq chiqqan

Bonus malumot: Afsonaviy Don King o'zbekistonlik professional bokschi Bahodir Mamajonovning ham promouteri bo'lgan. U xatto Toshkentda Bahodir uchun chempionlik jangi tashkil qilib berishga uringan. Ammo, bu chempionlik jangi amalga oshmay qolgandi.

Nig'monxo'ja Nozimov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

   
01 avg 20:19:41
Alibek Narmamatov
Xato ma'lumot beribsiz. Muhammad Ali Zoirda Jorj Forman bilan jang qilgan.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing