27 apr 15:20
Yangiliklar
Boks/MMA, Tokio-2020
O'zbekistonlik erkin kurashchi Olimpiadadan keyin UFC'ga o'tadi
Erkin kurash bo'yicha ikki karra Osiyo o'yinlari g'olibi, ikki karra Osiyo chempioni, jahon chempionati sovrindori Bekzod Abdurahmonov UFC'ga o'tadi.
Bu haqida sportchi Olamsport.com sayti muxbiri bilan suhbatda malum qildi.
"UFC'dan taklif bor albatta. Lekin, hozirgi payt bor etiborimni erkin kurashga, Olimpiya o'yinlariga qaratganman. UFC'dagilar bilan gaplashdik, ular bilan muzokaralarni Tokio Olimpiadasidan so'ng davom ettirishga kelishib oldik.
Umuman UFC'da oddiy jangchi bir jangi uchun umumiy hisobda, o'rtacha 24 ming dollar oladi. Agar, jangchi Olimpiya chempioni yoki sovrindori bo'lsa, u holda yaxshiroq shartlarni qo'yishi mumkin. SHu yo'l bilan siz oladigan gonarar ham oshishi mumkin. Aynan shu sabab ham hozirda bor etiborimni Olimpiya o'yinlariga qaratganman", - dedi Bekzod Abdurahmonov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar