16 mar 15:00
Yangiliklar
Boks/MMA
O'zbekistonlik "Kiborg" ham Naiza 58 turnirida jang qildi
Xabar berganimizdek, kecha Qozog'istonning Almati shahrida mahalliy promoushenning Naiza 58 turniri bo'lib o'tdi.
Oqshomning prelim kardidan o'rin olgan oltinchi qarama-qarshiligida "Kiborg" laqabi bilan o'z janglarini o'tkazib kelayotgan yarimengil vazn toifasidagi hamyurtimiz Bahodir SHoabduqodirov (5-4) qozog'istonlik fayter Dosbol Elegen (9-5)ga qarshi oktagonga chiqdi.
Uch raundga mo'ljallangan jang birinchi besh daqiqalikdayoq to'xtatildi. Elegen og'ritish usul bilan sabmishn evaziga jangni muddatidan oldin o'z foydasiga hal qildi. Bu Dosbolning prof faoliyatidagi to'qqiinchi g'alabasi bo'ldi. SHoabduqodirov esa prof-MMAdagi to'rtinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar