So’nggi yangiliklar

14:20Хамзат Чимаев: "Менда аллақачон камар бор. Энди пул ортидан қувяпман" 0 13:59Диего Симеоне мураббийлик фаолиятидаги 1000-ўйинини ўтказди 0 13:38Наоя Иноуэнинг навбатдаги жанги муддати ва рақиби айтилди 0 13:17"Умид қиламанки Гарри Ислам Махачевни юта олади" - Пратес 0 12:56Камондан отиш бўйича Ўзбекистон терма жамоаси Шарқий Осиё сафарига йўл олди 0 12:35"Барселона" 10 йилдан сўнг ушбу натижага эришди 0 12:14Май ойи учун FIDE рейтинги эълон қилинди 0 11:53Dushanbe Grand Slam 2026. Бугун 9 нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз 0 11:32"Отанг сени қиз қилиб тарбиялади" – Чимаев Стрикленднинг узун сочларини "тролл" қилди + ФОТО 0 11:11"Реал" сардори ёзда жамоани тарк этади 0 10:50Istanbul Junior European Cup. Биринчи кун иккита медаль қўлга киритдик 0 10:29Махачев Карлос Пратеснинг Жек Делла Маддалена билан жангдаги ғалабасига муносабат билдирди 0 10:08Наоя Иноуэ ва Дзюнто Накатанининг гонорарлари очиқланди 0 09:47Sofascore. Кечаги учрашув учун Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 09:26Волкановски UFC чемпионлик камарини қачон ҳимоя қилишини айтди 0

02 apr 12:20
Yangiliklar

Sport kurashlari

O'zbekistonlik Olimpiada sovrindorining sobiq raqibida koronavirus aniqlandi

Yunon-rim kurashi bo'yicha Rio-2016 Olimpiadasi chempioni, ikki karra jahon chempioni Ismael Boreroda koronavirus aniqlanib, kasalxonaga yotqizildi.

Kubalik chempion shu yilning mart oyi boshida Kanadaning Ottava shahrida o'tkazilgan Panamerika chempionatida ishtirok etgan va yakunda -67 kg vazn toifasida musobaqa g'olibiga aylangandi. 

CHempionat yakunlanganidan so'ng Kuba terma jamoasi Ottavada qolib, bir haftadan keyin Kanadaning aynan shu shahrida start oladigan Panamerika kvalifikacion turniriga tayyorgarlik ko'rdi. Borero o'tgan yili Nur-Sultan shahridagi jahon chempionatida Tokio-2020 licenziyasini qo'lga kiritgani bois bu musobaqada ishtirok etmadi. 

Kubalik kurashchilar 17 mart kuni Kanadadan Ozodlik oroliga qaytishdi va shundan so'ng Ismaelda infekciya simptomlari aniqlandi. 28 mart kuni esa uning koronavirusga topshirgan tahlili ijobiy natija berdi. Hozirda Borero poytaxt Gavanadagi gospitalda davolanmoqda. Olimpiada chempionining holati qoniqarli deya baholanmoqda. 

Ismael Borero bilan muloqot qilgan 25 kishi nazoratga olindi. Ular orasida yunon-rim kurashi bo'yicha Kuba terma jamoasining to'rt nafar azosi ham bor. Ularning barchasi shifokorlar nazoratiga olingan. 

Eslatib o'tamiz, Ismael Borero Rio-2016 Olimpiadasining yarim finalida hamyurtimiz Elmurat Tasmuradovni mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l olgan edi.  

Reyting:    

Fikrlar

   
02 apr 12:49:56
MuxlisUZB#
endi Elmurat ni karantinga olishadi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing