25 iyu 19:56
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbekistonlik taniqli bokschi MMAda debyut qiladi + POSTER
Ertaga Qozog'istonning Olma-Ota shahrida aralash yakkakurashlar bo'yicha Octagon 76 musobaqasi o'tkaziladi.
Qizig'i, unda professional boksda faoliyat yuritib kelgan taniqli hamyurtimiz Jamshid Najmiddinov ham ishtirok etadi.
34 yashar Jamshidga turnir doirasida Qirg'iziston vakili Akjol Sulaymanbek Uulu raqib bo'ladi. Akjol ham prof bokschi sanaladi va bu jang u uchun ham MMAdagi debyutga aylanadi.
Najmiddinov bokschi sifatida hozirga qadar 23 ta jang o'tkazib, 21 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan bo'lsa, Sulaymanbek Uulu hisobida 16 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : octagonleague
Fikrlar