08 mar 20:06
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbekistonlik yosh bokschi qozog'istonlik jahon chempionini mag'lub etdi va oltin medal qo'lga kiritdi
Finlyandiya poytaxti Xelsinki shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasida xalqaro turnir nihoyasiga etdi.
Avvalroq, musobaqaga uch nafar bokschi bilan borgan O'zbekiston terma jamoasining ikki azosi finalgacha etib borgani haqida xabar qilgandik.
Bugun musobaqa finali doirasida -57 kg vaznli bokschimiz Abdumalik Xalakov qozog'istonlik Qayrat Eralievni 4:1 hisobida mag'lub etdi. Qayd etish lozimki, Eraliev 2017 yilgi jahon chempionatida oltin medalni qo'lga kiritgandi.
-63 kg vaznli Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev esa qoshidan olgan jarohat sabab finalda ishtirok eta olmadi va kumush medal bilan kifoyalandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar