14 iyu 11:47
Yangiliklar
Dzyudo
O'zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi rasmiylari dzyudochilarimiz mashg'ulotida FOTOREPORTAJ
Xabaringiz bor, kechadan etiboran dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Yaponiyaning Kioto prefekturasida joylashgan Maydzuru shahrida Tokio Olimpiadasiga yakuniy tayyorgarlik bosqichini boshladi.
Bugun O'zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi xodimlari muvaqqat ishlar vakili Muzaffar Jalilov boshchiligida terma jamoamiz mashg'ulot o'tkazayotgan zalga tashrif buyurishdi.
Uchrashuv chog'ida elchixonamiz xodimlari O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosari, mamlakat dzyudo federaciyasi Azizjon Kamilov, Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) Hakamlar departamenti direktori, hamyurtimiz Armen Bagdasarov terma jamoa murabbiylari hamda dzyudochilar bilan muloqot qilishdi hamda Tokio-2020 Olimpiadasida omad tilashdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar