19 okt 12:37
Yangiliklar
O'zDJTSU 65 yoshda! Ko'zguda – sport tibbiyoti va bioximiya kafedrasi
Zebunniso Yusubjanovna faxr bilan: “Sport tibbiyoti – jismoniy tarbiya va sportning yuragi”, deya gapni boshladi va sababini quyidagi to'rtta asosiy vazifalari sifatida takidlab o'tdi:
- Jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanish uchun tanlash va saralash maqsadida jismoniy rivojlanish va tayyorgarlikni aniqlash hamda baholash;
- Jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanuvchi kishilar sog'ligi ustidan muntazam tibbiy nazoratni o'rnatish va olib borish, sportchining shaxsiy xususiyatlariga qarab mashg'ulot jarayonini tuzishda ko'maklashish;
- Jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanuvchilar salomatligini, funkcional holatini va shu bilan birga jismoniy mashg'ulotlar noto'g'ri uyushtirilishi oqibatida salomatligida yuz beradigan har xil noxushliklarni erta qo'llaniladigan tibbiy tekshirish usullarini takomillashtirish, yangi mukammal usullarni ishlab chiqish;
- Jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanuvchilarning shikastlanish, kasallanish sabablarini o'rganish, ularni davolash va profilaktikani grafik tartibi bilan birga olib borish.
O'z sohasining bilimdoni va ko'p yillik malakali tajribaga ega ekanligi gap-so'zlaridan yaqqol sezilib turgan Zebunniso opa Gazieva shundan keyin kafedraning o'tmish tarixi va buguni haqida quyidagi malumotlarni taqdim etdi.
Malumotlarga ko'ra, kafedraning tarixi institut faoliyati yo'lga qo'yilgan 1955 yildan boshlanadi. Dastlab Gigiena, shifokor nazorati va davolovchi jismoniy tarbiya kafedrasi tashkil etilgan. 1959 yildan kafedra ajratilib, Davolovchi jismoniy tarbiya va shifokor nazorati kafedrasi yuzaga keldi. Uning birinchi rahbari tibbiyot fanlari nomzodi, docent X. X. To'raxo'jaev edi. 1959 yildan 2000 yilgacha kafedrani O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi, tibbiyot fanlari doktori, professor Ozoda Anvarovna Rixsieva boshqarib keldi. O. Rixsieva O'zbekiston chempioni bo'lgan birinchi tennischi ayol hisoblanadi. O. A. Rixsieva tennis bo'yicha sport ustasi, sobiq ittifoq va Respublika musobaqalarining bir necha marotaba g'olibi va sovrindori bo'lgan.
Sport tibbiyotining o'sha davrdagi rivojlanish yo'nalishlarini hisobga olgan holda 1979 yilda kafedra nomi Sport tibbiyoti va davolovchi jismoniy tarbiyaga o'zgartirildi. Kafedra tashkil etilgan kundan boshlab unda fan nomzodlari, docentlardan Z.K.Azimova, G.F.Afanaseva, B.N.Bobojonova, B.N.Jalilova, O.M.Jegallo, V.E.Isxakova, C.L.Kamenckaya, D.V.Mirsaidova, I.G.Muxamedova, S.S.Rumi, G.F.Toirova, I.Sadriddinov, S.A.Xusainova, A.G.SHulova, o'qituvchilar T.A.Antonec, X.T.Sultonova, N.I.Zuev, V.M.CHerkasov va boshqalar faoliyat yuritgan.
2000-2010 yillarda Sport tibbiyoti va davolash jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri A.I.Rixsiev boshchiligida tibbiyot fanlari doktori, professor N.G'.G'ulomov, fan nomzodlari, docentlar Q.A.Nurmuhamedov, SH.G.Xodjaev, o'qituvchilar S.K.Bondarenko, Z.YU.Gazieva, N.V.Nefyodova, S.S.Sobirova, M.SH.Ismailova, M.S.Salomovalar Sport tibbiyoti, Davolash jismoniy tarbiyasi, Massaj, Tibbiy bilim asoslari, Fuqaro muhofazasi tibbiy xizmati fanlari bo'yicha maruza va amaliy mashg'ulotlar o'tkazib, sport tibbiyoti sohasida ko'plab ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirib kelishgan. Keyingi yillarda kafedra faoliyatini tibbiyot fanlari doktori N.G.Gulyamov (2010-2014 yillar), tibbiyot fanlari nomzodi, docent N.B.Tursunov (2014-2018 yillar), tibbiyot fanlari nomzodi, docent X.X.Djalilov (2018 yil) rahbar bo'lib, uni boshqarib keldilar.
Hozirgi Sport tibbiyoti va bioximiya kafedrasining Bioximiya qismining rivojlanish tarixi ham chuqur ahamiyatga ega. 1961 yilda universitet tarixida birinchi bor Bioximiya va gigiena kafedrasiga asos solindi va uning birinchi mudiri – tibbiyot fanlari doktori, professor M. S. Petrova edi. U 1961-1966 yillar orasida kafedraga rahbarlik qilgan bo'lsa, 1966 yildan 1976 yilga qadar kafedraga tibbiyot fanlari nomzodi, docent X. T. Sultonova boshchilik qildi. 1976 yildan 1986 yilgacha kafedra mudiri lavozimida biologiya fanlari nomzodi, docent L.V.Avanesova ish olib bordi. O'sha yillari kafedrada fan nomzodlari, docentlardan T.T.Odilbekov, V.E.Nazirova, o'qituvchilardan S.I.Ibragimova, G.M.Nesimov, T.A.Yunusxonovlar samarali mehnat qilishgan.
1987-1996 yillarda kafedraga biologiya fanlari doktori, professor M. U. To'ychiboev, 1996-2004 yillarda esa biologiya fanlari doktori, professor N. A. Rahmatov, 2004-2010 yillarda tibbiyot fanlari nomzodi M.S.Melieva rahbarlik vazifasini olib bordilar. 2010-2017 yillarda Bioximiya va gigiena kafedrasida biologiya fanlari nomzodi G. T. SHamsitdinova, biologiya fanlari nomzodi, docent T.T.Adilbekov, biologiya fanlari nomzodi, docent S.A.Ziyamuxamedovalar kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritishgan.
2018-2019 o'quv yilida Anatomiya va fiziologiya, Sport tibbiyoti va DJT, Bioximiya va gigiena kafedralari Tibbiy biologik fanlar kafedrasi tarkibida birlashtirilib, unda biologiya fanlari nomzodi, docent L.D.Seydalieva mudir sifatida boshqardi.
2019 yilda kafedra Tibbiy fanlar kafedrasidan Sport tibbiyoti va bioximiya nomi bilan ajralib chiqdi va kafedraga Gazieva Zebunniso Yusubjanovna rahbar etib tayinlandi.
Sport tibbiyoti va bioximiya kafedrasida bugun bakalavr yo'nalishlarida talabalarning Sport tibbiyoti va reabilitaciya, Sport dietologiya va farmakologiyasi, Bioximiya va sport bioximiyasi, Bolalarda davolash jismoniy tarbiya va massaj, magistratura yo'nalishida Sportda bioximiyaviy nazorat, Qo'shma o'zbek-belorus fakultet bakalavriyatida Bioximiya, magistraturasida Bioximiya sporta, Medicinskoe obespechenie sporta fanlaridan puxta bilim olishlari uchun kafedra mudiri Z.YU.Gazieva, docentlar: Q.X.Abduraxmanov, S.A.Ziyamuxamedova, katta o'qituvchilar: G.X.Boqieva, M.SH.Ismailova, S.S.Abdusattarova, X.SH.Xudayqulov, N.R.Hasanova, o'qituvchilar D.SH.Zayniddinova, G.A.Eralieva, A.M.Djumanov, D.T.Berdieva, I.B.Nishanov, L.T.Seydalieva, Z.SHaydullaevalar nazariy bilim va amaliy ko'nikmalarni shakllantirishmoqda. Hozirda kafedra o'qituvchilardan 3 nafari PhD dissertaciya ustida ish olib borishmoqda.
Sport tibbiyoti va bioximiya kafedrasida Zebunniso Gazieva boshchiligida Toshkent tibbiyot akademiyasi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi, CHirchiq olimpiya zahiralari ixtisoslashtirilgan maktab internati, Belarus davlat jismoniy tarbiya universiteti, Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti bilan xalqaro hamkorlik aloqalariga alohida etibor qaratilgan.
SHuningdek, 2019-2020 o'quv yilidan kafedra professor-o'qituvchilari talabalar ishtirokida “Sport dietologi” to'garagini ham tashkil qilgan bo'lib, bunda belgilangan rejaga muvofiq, talabalar bilan sport turlariga tayangan holda tibbiy mavzular muhokama qilib boriladi.
Bundan tashqari Sport tibbiyoti va bioximiya kafedrasi professor-o'qituvchilarining rahbarligida iqtidorli talabalar “Sport nutriciologiya va farmakologiyasining har xil sport turlarida o'ziga xos xususiyatlari” mavzusida ilmiy-amaliy anjumanlar o'tkazilishi yo'lga qo'yilgan va mazkur anjumanlarda talabalar o'zlarining ilmiy–tadqiqot ishlari samarasini o'z maruzalarida aks ettirib borishadi.
– Kafedramizda talabalarning etarlicha bilim va ko'nikma olishlari uchun sport tibbiyoti fani, bioximiya, tibbiy bilim asoslari, sport massaji bo'yicha darsliklar, o'quv-uslubiy qo'llanmalar, ilmiy maqola, tavsiya, elektron adabiyotlar yaratilgan va nashr etilgan, – deydi Sport tibbiyoti va bioximiya kafedrasi mudiri Zebunniso Gazieva. – Ayni paytda kafedramizda o'quv-meyoriy hujjatlar Davlat talim standartlariga muvofiq, barcha fanlar bo'yicha maruza, amaliy seminar mashg'ulotlaridan o'quv materiallari Oliy va o'rta maxsus talim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy va ishchi o'quv dasturlar asosida tayyorlangan. O'quv materiallarining elektron variantlari universitet Axborot resurs markazida mavjud bo'lib, talabalar ulardan foydalanishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Kafedrada 1 ta doktorlik dissertaciyasi, 6 ta nomzodlik dissertaciyalari himoya qilingan, 6 ta magistrlik dissertaciyalari, 50 dan oshiq bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik ishlari muvaffaqiyatli bajarilgan va yoqlangan. Professor-o'qituvchilar tomonidan 20 dan ortiq darslik, 30 ga yaqin o'quv qo'llanma, 50 dan oshiq uslubiy qo'llanmalar chop etilgan hamda universitetning Axborot resurs markaziga joylashtirilgan, 400 dan ortiq ilmiy ishlar chop etilgan. Kafedra professor-o'qituvchilari ilmiy maqolalari xalqaro va Respublika OAK tasarrufidagi jurnallarda nashr qilingan, tezislari bilan respublika hamda xalqaro anjumanlarda, simpoziumlarda ishtirok etishgan.
Darhaqiqat, bugun jismoniy tarbiya va sport universitetida o'z yo'nalishlari bo'yicha tahsil olayotgan talabalarning sport tibbiyoti va bioximiya haqida puxta bilimga ega bo'lish yo'lida kafedraning professor-o'qituvchilari bor mahorat va bilimlarini ishga solib, mehnat qilishmoqda. Zero, sport tibbiyoti, sport bioximiyasi, sport dietologiya va farmakologiyasi bo'lajak jismoniy tarbiya va sport sohasidagi mutaxassislarning talabalikdan keyingi faoliyatining har qadamida duch kelishi va o'sha paytda xatoliklarga yo'l qo'yish mumkin emasligini talabalar yaxshi anglashadi. SHuning uchun ham hozirgi davr talabalari Sport tibbiyoti va bioximiyaning har bir maruza va amaliy mashg'ulotlarini diqqat-nazar bilan o'rganishayotgani, kafedraning professor-o'qituvchilardan iborat ahil jamoasi esa bilim berishdan charchamayotgani ayni haqiqat.
Ilhom RAHMONOV tayyorladi, o'z muxbirimiz
Fikrlar