So’nggi yangiliklar

16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0 10:23Тўрт карра Олимпиада чемпиони Мо Фара "Samarkand Marathon 2026" амбассадори бўлади 0 09:52Бразилияда бир ўйинда қизил карточка кўрсатиш бўйича рекорд ўрнатилди 0 08:45Дана Уайт Махачев билан оғзаки келишиб олгани ҳақида гапирди 0

14 apr 12:08
Yangiliklar

Boks/MMA

"O'zimni ruhsiz his qildim, lekin tanam harakatda edi" - Murodjon Ahmadaliev kamarlarini o'g'irlashganidan keyingi holati haqida

Teglar :  Murodjon Ahmadaliev
Murodjon Ahmadaliev jang natijasidan norozi.

KAKA filippinlik raqibini bu to'qnashuvda g'olib bo'lish uchun etralicha harakat qilmagan deb hisoblaydi.

"Men kiyinish xonasiga kirdim va o'zimni ruhsiz his qildim, lekin tanam hali ham harakatda edi. Men hayotim tugaganini bilardim, butun umrim davomida qilgan mehnatlarimning hammasi tugadi.

Menda hech qachon bahonalar bo'lmaydi. Agar qo'lim ko'tarilmasa, kamarlarim va hayotimdagi eng muhim jangimdagi g'alabadan ayrilishimni bilardim. Jangdan keyin jamoam ichkariga kirdi. Menejerim va murabbiylarim menga "Yig'lashni bas qil, kamarinlaringni olib, chempion sifatida uyga bor, sen bu jangda yutqazmading, chempion!", - deyishdi.

Hozir uyda jangni qayta ko'rib, jamoam nega bunchalik qo'llab-quvvatlaganini tushunib turibman. Marlon bu jangda g'alaba qozonish va mashaqqat bilan erishgan kamarlarimni mendan tortib olish uchun etarli harakat qilganiga ishonmayman!

Men butun umrim davomida jahon chempioni bo'lish va mutlaq jahon chempionligi uchun kurash yo'lida tinimsiz mehnat qildim. Hamma narsa mendan bir kechada olib qo'yilganini tushunish juda qiyin va ular bunga loyiq emas edi", - dedi Ahmadaliev.

Reyting:    

Fikrlar

+1   
14 apr 12:46:53
Fahritdin Tashkenbaev
Муроджон!!! Айб тренерларингда ва узингда!!! Нега биринчи 3-4 раундда пассив жанг килдинг ? Чап кулинг вообще ишламади! Нимани кутдинг, актив ишламадинг!!! Сен ракибдан кучлилигингниохирги раундларда курсатдинг!!! Лекин жанг 3-4 раунддан иборат эмас!!! 12 раунд ишлаш керак эди!!! Афсус!!!
   
14 apr 23:25:22
CHELSEA2211
Magʻlubiyat ham tan olish mardlik...
   
14 apr 12:28:19
Komiljon Axtamboyev
Murodjon Akhmadaliyev WBA IBF Sobiq chempion 4 yil davomida kamarini himoya qildi soʻngi jangida Filippinlik Marlon Tapalesga hakamlar qarori bilan magʻlub boʻldi .
Agar bu jangda gʻalaba qozonganda WBO WBC kamar mutloq jahon chempionligi uchun jang qilar edi . Afsus
Endi jangga kelsak dastlabki raundda Marlon Tapales yaxshi harakat qilib masofa saqlab zarba berdi .
Aksariyat Yapon, Tailand, Filippin, Xitoy jangchilar jigar sohasiga zarba bersa tez yiqalardi nisbatan nimjon edi zarba faqat bosh qismiga berildi trenerlar orasida Toʻlqin Qilichev yoʻqligi bilindi .
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing